
AQSH va Xitoy delegatsiyalari Londonda uchrashadi
09.06.2025 | 10:3022023
AQSH va Xitoy o‘rtasidagi savdo nizolarini bartaraf etish maqsadida yangi muzokaralar 10 iyun kuni Londonda bo‘lib o‘tadi. Muzokaralarda ikki davlatning yuqori darajali rasmiylari ishtirok etadi.

Tramp va Si Jinpin o‘tgan haftada telefon orqali muloqot qilib, savdo masalalarini muhokama qilgan. Muloqotni Tramp «juda yaxshi suhbat» deb baholadi. Ushbu suhbat ortidan ikki davlat Londonda uchrashishga kelishdi.
AQSH tomonidan muzokaralarda Moliya vaziri Skott Bessent, Savdo vaziri Hovard Lutnik va Savdo vakili Jamison Grir qatnashadi. Xitoy esa Vitse-premer Xe Lifeng boshchiligidagi delegatsiyani yuboradi. Xitoy TIV ma’lumotiga ko‘ra, Xe Lifeng 8–13 iyun kunlari Buyuk Britaniyada bo‘ladi.
Ikki davlat o‘tgan oy Shveysariyada o‘tkazilgan muzokaralarda o‘zaro boj stavkalarini pasaytirish bo‘yicha vaqtinchalik kelishuvga erishgan edi. AQSH Xitoy mahsulotlariga bojlarni 30 foizga, Xitoy esa AQSH tovarlariga 10 foizga tushirdi. Shuningdek, Pekin muhim minerallar eksportidagi to‘siqlarni yumshatishga va’da berdi.
Shundan keyin ham taraflar o‘zaro ayblovlar bilan chiqdi. Tramp Xitoy «келишувни to‘liq buzdi» dese, Pekin esa AQSHni «seryoz tarzda shartnomani buzishda» aybladi. AQSH Xitoyni muhim minerallarni yetkazib berishni to‘xtatganlikda tanqid qildi. Javob tariqasida Xitoy ba’zi eksport arizalarini tasdiqlaganini ma’lum qildi.
Muzokaralar savdo urushini hal etish uchun belgilangan 90 kunlik muddat ichida muhim bosqich hisoblanadi. Xitoyning may oyidagi eksport hajmi kutilayotgan darajada o‘smagani va import ko‘rsatkichlarining pasayishi ham muzokaralar ahamiyatini oshirmoqda.





