add

AQSH va Xitoyning boj tanaffusi dunyo bozorini jonlantirdi

13.05.2025 | 14:1011984

Jenevada o‘tgan muzokaralarda AQSH va Xitoy 90 kunlik boj tanaffusiga keluvi ortidan fond bozorlari keskin ko‘tarildi, oltin va «himoyachi» valyutalar narxi esa pasaydi. Tahlilchilar buni Tramp uchun siyosiy yutuq deb baholamoqda.

AQSH va Xitoyning boj tanaffusi dunyo bozorini jonlantirdi
AQSH va Xitoy o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra, Vashington Xitoy import tovarlariga qo‘llanilayotgan boj miqdorini 145 foizdan 30 foizga, Pekin esa 125 foizdan 10 foizga pasaytirishga rozi bo‘ldi. Bu shartlar 90 kunlik muzokara davomida amal qiladi. Qaror global moliya bozorlarida ijobiy qabul qilinishi kutilmoqda. AQSHning S&P 500 indeksi 3,3 foizga, Nasdaq esa 4,4 foizga oshdi. Brent navli neft narxi 1,9 foizga ko‘tarilib, 65,10 dollarga yetdi. Yevropa va Osiyo indekslari ham o‘sishni qayd etdi. STOXX 600 1,2 foiz, Hongkongning Hang Seng indeksi esa 3 foizga yaqin o‘sdi. Dollar indeksi 1,17 foizga kuchaydi. Yapon iyenasi va Shveysariya frankining qurbi pasaya boshladi. Frankning 1,8 foizga pasayishi Shveysariya eksportchilari uchun qulaylik yaratdi. Bostondagi Bolvin Wealh Bolvin Management Group rahbari Jina Bolvin bu vaziyatni «bozordagi keskin tanazzuldan keyingi tiklanish» deb atadi va bunday holat Tramp uchun ham katta yutuq bo‘lishini ta’kidladi. Societe Generale tahlilchisi Kit Jaks bojlar tanaffusini katta yengillik, deb baholadi. Shu bilan birga, ayrim mutaxassislar ushbu jarayonni ehtiyotkorlik bilan baholash kerakligini ta’kidlashmoqda. Marlborouhʼdan Sheldon Makdonald, hatto 30 foizli bojning o‘zi Xitoy iqtisodiyotiga bosim qilishini aytib o‘tdi. Citi tahlilchilari 2018–2019 yillarda Tramning dastlabki prezidentlik davridagi qisqa muddatli savdo sulhi misolida bu jarayon qayta keskinlashishi mumkinligini esga solishdi. Paleo Leon rahbari Jon Pravin esa haqiqiy natija Tramp va Si Jinping uchrashib, kelishuvga imzo chekkanidan so‘nggina bo‘lishi mumkinligini bildirdi.

Teglar

Mavzuga oid

AQSH va Xitoyning boj tanaffusi dunyo bozorini jonlantirdi | Vaqt.uz