add

AQSH Yaponiya va Avstraliyadan Tayvan mojarosidagi pozitsiyasini ochiqlashni talab qilmoqda

13.07.2025 | 21:0018613

AQSH Tayvan uchun Xitoy bilan ehtimoliy harbiy to‘qnashuv yuz bergan taqdirda, Yaponiya va Avstraliyaning aniq harakat rejasini oldindan bilishni istamoqda. Vashington ushbu davlatlardan o‘z pozitsiyalarini ochiq bayon etishini talab qilmoqda.

AQSH Yaponiya va Avstraliyadan Tayvan mojarosidagi pozitsiyasini ochiqlashni talab qilmoqda
Financial Times nashrining xabar berishicha, AQSH Mudofaa vazirligi Xitoy—Tayvan o‘rtasida mojaro kelib chiqqanida ittifoqchilarining qanday chora ko‘rishini bilish maqsadida Yaponiya va Avstraliyaga bosim o‘tkazmoqda. AQSH Mudofaa vaziri o‘rinbosari Elbridj Kolbi Yaponiya va Avstraliya rasmiylari bilan uchrashuvlar chog‘ida ushbu masalani ko‘targan. Bu Kolbining mintaqa ittifoqchilarini Tayvan uchun Xitoyga qarshi ehtimoliy urushga tayyorlash bo‘yicha navbatdagi harakati sifatida baholanmoqda. Kolbining so‘zlariga ko‘ra, mazkur tashabbus Donald Trampning «kuch orqali tinchlik« tamoyiliga asoslangan va ittifoqchilardan mudofaa xarajatlarini ko‘paytirish hamda umumiy xavfsizlikni mustahkamlashni talab etadi. Pentagon manbalariga ko‘ra, Yaponiya va Avstraliya bilan mashqlar va rejalar amalga oshirilgan, biroq AQSH tomonidan aniq majburiyatlar talab qilinishi Tokio va Kanberrani hayratga solgan. Chunki AQSHning o‘zi Tayvanga hech qanday kafolatli majburiyat (t.n. «blank check») bermagan. Yaponiya Mudofaa vazirligi esa FT nashriga javoban, Tayvandagi ehtimoliy favqulodda holat yuzasidan «hipotetik» savollarga javob berish mushkul ekanini aytdi. Ular har qanday qaror Yaponiya konstitutsiyasi va xalqaro huquq me’yorlariga muvofiq qabul qilinishini ta’kidladi.

Teglar

Mavzuga oid