
AQSHda bojlar sabab inflyatsiya yanada tezlashmoqda
12.06.2025 | 13:4547542
May oyida AQSHda inflyatsiya ko‘rsatkichi yana oshdi. Xususan, oziq-ovqat va yonilg‘i hisobga olinmagan holdagi bazaviy inflyatsiya 0,3 foizni tashkil qildi. Bu apreldagi 0,2 foizlik o‘sishdan yuqori. Muttaxassislar bunday o‘sishni import bojlarining dastlabki ta’siri va xizmatlar sohasidagi narxlar pasayishi bilan izohlamoqda.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, yillik bazaviy inflyatsiya 2,9 foizga yetdi. Asosiy o‘sish tovarlar — ayniqsa, elektronika va kiyim-kechak hisobidan yuz berdi. Masalan, may oyida audiotexnika narxi bir oyda 8,8 foizga qimmatladi. Shu bilan birga, xizmatlar — avia chiptalar va mehmonxonalar narxi esa tushgan.
Moliya tahlilchilari ta’kidlashicha, kompaniyalar import bojlari bilan bog‘liq xarajatlarni mijozlar zimmasiga o‘tkaza boshlamoqda. Walmart kabi yirik chakana savdo tarmoqlari allaqachon narxlar oshishi haqida ma’lum qilgan. Ayni paytda bu ta’sir iyun oyida yanada kuchayishi mumkin, chunki omborlardagi eski zaxiralar tugaydi.
Federal zaxira tizimi (FRS) esa yaqinda bo‘ladigan yig‘ilishda foiz stavkasini oshirishi ehtimoli kam. Jerom Pauellning ta’kidlashicha, hozircha iqtisodiy siyosatning oqibatlarini baholash uchun vaqt bor. Ammo agar bojlar saqlansa, inflyatsiya yanada jadallashishi mumkin.





