add

AQSHda o‘qituvchilar o‘rniga sun’iy intellekt dars o‘tadigan maktablar ochildi

Maktablarda o‘qituvchilar yo‘q, uy vazifalari yo‘q va o‘qish uchun to‘lov yiliga 65 ming dollargacha yetishi mumkin.

AQSHda o‘qituvchilar o‘rniga sun’iy intellekt dars o‘tadigan maktablar ochildi

AQSHda o‘qituvchilar o‘rniga sun’iy intellekt botlari dars beradigan Alpha School nomli xususiy maktablar tarmog‘i ish boshladi. Loyiha an’anaviy ta’lim tizimidan tubdan farq qilib, bolalarga qisqa vaqt ichida akademik bilim berishga qaratilgan.

Ma’lum qilinishicha, ushbu maktablarda doimiy o‘qituvchilar va uy vazifalari mavjud emas. Ta’lim jarayoni to‘liq raqamli platforma orqali amalga oshiriladi. O‘qish uchun yillik to‘lov miqdori 65 ming AQSH dollarigacha yetishi mumkin.

Qaysi fanlarga ixtisoslashgan?

O‘quvchilar kuniga atigi ikki soat davomida til, matematika, tabiiy fanlar va tarix kabi asosiy fanlarni o‘zlashtiradi. Darslar planshet va noutbuklar orqali sun’iy intellekt botlari yordamida o‘tiladi. Maktab binosida esa bolalarni sinflar bo‘ylab yo‘naltirib turuvchi maxsus «gidlar» faoliyat olib boradi.

Kunning qolgan qismi hayotiy ko‘nikmalarni shakllantirishga bag‘ishlanadi. Bunday mashg‘ulotlar qatoriga 12 metrli skaladromga chiqish, IKEA mebellarini yig‘ish, shuningdek, Rubik kubigini yechish kabi amaliy vazifalar kiradi. Tashabbuskorlar bu usul bolalarda mustaqil fikrlash va amaliy qobiliyatlarni rivojlantirishini ta’kidlamoqda.

Loyiha rahbari

Loyihaga Stenford universiteti bitiruvchisi, tadbirkor Makkenzi Prays rahbarlik qiladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, an’anaviy maktablar yoshlar ongini cheklab qo‘yadi. Alpha School esa bolalarga «o‘sishga yo‘naltirilgan fikrlash»ni singdirish va ularni mustaqil maqsad qo‘yishga o‘rgatishni maqsad qilgan.

Teglar

Mavzuga oid