add

AQSHdagi o‘zbekistonliklar ogohlantirildi

Bugun 20:413382 Daqiqa

TIVga ko‘ra, so‘nggi kunlarda AQSH bo‘ylab federal migratsiya organlari tomonidan kuchaytirilgan reydlar o‘tkazilmoqda.

AQSHdagi o‘zbekistonliklar ogohlantirildi

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Amerika Qo‘shma shtatlaridagi O‘zbekiston fuqarolariga murojjat bilan chiqdi. Vazirlikka ko‘ra, so‘nggi kunlarda AQSH bo‘ylab federal migratsiya organlari tomonidan kuchaytirilgan reydlar o‘tkazilmoqda.

Tekshiruvlar jarayonida quyidagilarga e’tibor qaratilmoqda:

— dekabr guvohnomalarining haqiqiyligi;

— hujjatlarning muddati va qonuniyligi;

— ish huquqi va migratsion maqom;

— haydovchilarning ingliz tilini bilish darajasi.

Qayd etilishicha, AQSH hukumati noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashni kuchaytirgani sababli federal yo‘llarda keng vakolatlar asosida faol reydlar o‘tkazilmoqda. Ba’zi ushlangan shaxslar bir nechta haydovchilik guvohnomasidan foydalanish yoki terrorizmga oid gumonlar bilan tilga olinmoqda.

«Hurmatli vatandoshlar! Yuqoridagi holatlarni inobatga olib, AQSHda avtomobil boshqarayotgan fuqarolarimizdan quyidagilarga amal qilishlarini so‘raymiz:

— hujjatlaringizni tartibga keltiring;

—ssenariydir maqomingizni tasdiqlovchi hujjatlarni o‘zingiz bilan olib yuring», - deyiladi vazirlik bayonotida.

Ta’kidlanishicha, O‘zbekiston fuqarolari shubhali yoki muammoli holatlar bo‘lsa darhol O‘zbekistonning AQSHdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalariga murojaat qilishi lozim.

Avvalroq, AQSHda 5 ta «prava»si bor o‘zbekistonlik haydovchi hibsga olingandi. 29 yoshli o‘zbekistonlik yuk mashinasi haydovchisi Arizona shtatida yo‘l-transport hodisasi sodir etganidan so‘ng hibsga olingan. US Border Patrolning ma’lum qilishicha, 19-noyabr kuni Kvarsit shahri yaqinidagi avtohalokatni o‘rganish jarayonida haydovchida beshta haydovchilik guvohnomasi borligi aniqlangan — Nyu-Yorkda 2 ta, Ogayo shtatida esa 3 tasi rasmiylashtirilgan.

Teglar

Mavzuga oid

AQSHdagi o‘zbekistonliklar ogohlantirildi | Vaqt.uz