add

Argentina prezidenti toshbo‘ron qilindi

28.08.2025 | 21:0039823

Odamlar uning mashinasiga qarata tosh va tuxumlar otgan. Uning avtomobilida singlisi ham bo‘lgan. Voqea poraxo‘rlik bilan bog‘liq.

Argentina prezidenti toshbo‘ron qilindi
27 avgust kuni Argentina prezidenti Xaviyer Miley korteji saylovoldi tadbiri paytida norozilar tomonidan hujumga uchradi. Tosh va tuxumlar otilgan avtomobilda uning singlisi ham bor edi. Ular xavfsizlik xizmati tomonidan shoshilinch evakuatsiya qilingan. Bu haqda «Reuters» nashri xabar berdi. Qayd etilishicha, hodisa oqibatida bir nechta odam jarohat olgan. Prezident o‘z rezidensiyasiga yetib borgach, ijtimoiy tarmoqda bu voqeada sobiq prezident Kristina Fernandes de Kirshner tarafdorlarini ayblagan. Ammo voqea markazida uning singlisi Karina Miley bo‘lib qolmoqda. U davlat mablag‘larini noqonuniy o‘zlashtirishda gumon qilinmoqda. Matbuotga tarqalgan audioyozuvda milliy agentlik rahbari Diyego Spanyuolo uni korrupsiyada ayblagan. Karina Miley farmatsevtik kompaniyalardan pora olgani aytilmoqda. Prezident bu ayblovlarni rad etib, «bu tuhmat» deb bayonot berdi. Mazkur mojaro Miley va uning partiyasi uchun katta sinovga aylandi. 26 oktyabrda parlament saylovlari bo‘lib o‘tadi. Hozircha prezidentning libertarian partiyasi qonun chiqaruvchi organlarda ko‘pchilik o‘ringa ega emas. Shunga qaratilgan siyosiy kurash ortidan u o‘z nufuzini saqlab qolishga harakat qilmoqda. Saylovoldi jarayonda Mileyning qiyinchiliklari faqat korrupsiya mojarosi bilan chegaralanmaydi. Uning qattiq iqtisodiy choralari inflyatsiyani kamaytirsa-da, aholi orasida norozilik kuchaygan. Yaqinda o‘tkazilgan so‘rovlarga ko‘ra, prezidentning reytingi 44 foiz atrofida bo‘lib turibdi.

Teglar

Mavzuga oid

Argentina prezidenti toshbo‘ron qilindi | Vaqt.uz