add

Armaniston Markaziy depozitariysi O‘zbekistonning kapital bozorida ro‘yxatdan o‘tdi

Armanistonning Central Depositary of Armenia OAJ O‘zbekistonda kapital bozori sohasida «Tartibga solish qumdoni» rejimini qabul qildi.

Armaniston Markaziy depozitariysi O‘zbekistonning kapital bozorida ro‘yxatdan o‘tdi

O‘zbekiston Istiqbolli loyihalar milliy agentligi tomonidan «Central Depositary of Armenia» OAJ (Armaniston Respublikasi) kompaniyasi kapital bozori sohasida «Tartibga solish qumdoni» maxsus huquqiy rejimi ishtirokchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazildi. Bu haqda agentlik matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, xorijiy ishtirokchilarning Tartibga solish qumdoniga kirishi qimmatli qog‘ozlar bozorining ilg‘or xorijiy amaliyotini joriy etishga, xorijiy investorlarning mahalliy kapital bozoriga kirishini yengillashtirishga, O‘zbekistonga investitsiyalarni jalb etishning yangi shakl va usullarini joriy etish bo‘yicha huquqiy mexanizmlarni ishlab chiqishga ko‘maklashadi.

Ma’lumot uchun: «Central Depositary of Armenia» OAJ (keyingi o‘rinlarda – CDA) Armanistonda Qimmatli qog‘ozlarni hisobga olish va hisob-kitoblar yagona tizimining operatori hisoblanadi.

CDA faoliyati ISO 9001:2015 va ISO/IEC 27001:2013 standartlariga mos keladi. Depozitariy Thomas Murray (Buyuk Britaniya) agentligi tomonidan berilgan BBB reytingiga ega. Bundan tashqari, CDA Milliy raqamlash agentliklari assotsiatsiyasi (ANNA) a’zosi hisoblanadi va Yevroosiyo markaziy depozitariylari assotsiatsiyasi (AECSD) tarkibiga kiradi.

Teglar

Mavzuga oid

Armaniston Markaziy depozitariysi O‘zbekistonning kapital bozorida ro‘yxatdan o‘tdi | Vaqt.uz