
Asakalik bir guruh rahbarlar Prezident tomonidan mukofotlandi
29.07.2025 | 21:4520042
Ular orasida hokim, prokuror, IIB va soliq boshqarmasi rahbarlari bor.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 29 iyuldagi farmoni bilan Andijon viloyati Asaka tumani rahbarlari hamda Prezident Administratsiyasining mas’ul xodimi mukofotlandi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati ma’lum qildi.
Farmonda ta’kidlanishicha, mukofotlangan shaxslar o‘zining boy bilim va tajribasi, tashabbuskorligi va tashkilotchilik qobiliyati bilan «Islohotlar shtabi» faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish, xalq manfaatlarini ta’minlash, aholi farovonligini oshirish kabi yo‘nalishlarda faol mehnat qilgan.
Prezident farmoni bilan quyidagilar mukofotlandi:
«Do‘stlik» ordeni bilan
Mo‘minov Nasibulla Nabiyevich - Andijon viloyati Asaka tumani hokimi
«Jasorat» medali bilan
Mirzakarimov Akmaljon Dilmuradovich - Andijon viloyati Asaka tumani prokurori
Nazirov Shoxruxbek Xolmuxamedovich - Andijon viloyati Asaka tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i
Raximov Ilxomjon Gulamovich - Andijon viloyati Asaka tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i
«Shuhrat» medali bilan
Nabiyev Farxod Kabuljanovich - O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining mas’ul xodimi





