add

Atakama cho‘lida 10 yil ichida birinchi marta qor yog‘di

27.06.2025 | 14:008143

Dunyodagi eng qurg‘oq joy qar bila qoplandi – mutaxassislar hayratda.

Atakama cho‘lida 10 yil ichida birinchi marta qor yog‘di
Chilidagi Atakama cho‘lida 10 yil ichida ilk bor qor yog‘di. Bu haqda ALMA astronomik observatoriyasi rasmiy ijtimoiy tarmoqda ma’lum qildi. Atakama cho‘li Yer yuzidagi eng quruq va namsiz hududlardan biri hisoblanadi. U yerda yillar davomida yog‘in-ko‘pin kuzatilmaydi. Shu bois, so‘nggi yomg‘irlar va so‘ngra yog‘gan qor mutaxassislar va mahalliy aholini hayratga soldi. E’lon qilingan video va suratlarda qor qoplami cho‘ldagi qumtepalarni butunlay qoplagani aks etgan. Tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, bunday holat so‘nggi bor 2015 yilda qayd etilgan. Sinoptiklar bu o‘zgarishlarni global iqlim o‘zgarishi bilan bog‘lamoqda. Ularga ko‘ra, Antarktida havosining so‘nggi haftalarda Janubiy Amerikaga yaqinlashishi, shu jumladan, Atakama cho‘lidagi havo haroratining keskin tushishiga sabab bo‘lgan. Atakama cho‘lidagi bu favqulodda tabiiy hodisa nafaqat ob-havo kuzatuvchilari, balki sayyohlar va fotograflarni ham o‘ziga jalb etdi. Hozirda minglab insonlar cho‘ldagi qor manzarasini o‘z ko‘zi bilan ko‘rish uchun ushbu mintaqani yo‘nalish sifatida tanlamoqda.

Teglar

Mavzuga oid