add

Avtomobil ishlab chiqarish oshdi: yoqilg‘i va tabiiy gaz ishlab chiqarish esa pasaymoqda

24.07.2025 | 18:006334

O‘zbekistonning yirik sanoat korxonalari 2025 yilning birinchi yarmida avtomobillar va qurilish materiallari ishlab chiqarishda o‘sishga erishgan bo‘lsa-da, yoqilg‘i va tabiiy gaz ishlab chiqarish hajmi sezilarli kamaydi.

Avtomobil ishlab chiqarish oshdi: yoqilg‘i va tabiiy gaz ishlab chiqarish esa pasaymoqda
Statistika qo‘mitasining qayd qilishicha, dastlabki yarim yillik davomida 185 ming 622 dona yengil avtomobil ishlab chiqarildi. Bu 2024 yilning shu davriga nisbatan 8179 dona ko‘proq ko‘rsatkich hisoblanadi. [caption id="attachment_10387" align="aligncenter" width="630"]Stat33 Manba: Statistika qo‘mitasi[/caption] Yuk avtomobillari ishlab chiqarilishi ham ortib, ularning soni birinchi yarim yilda 1978 donani tashkil etdi. Ammo avtomobil dvigatellari ishlab chiqarish hajmida pasayish kuzatildi. 2025 yilning yanvar–iyun oylarida mamlakatda jami 116 ming 543 dona avtomobil dvigateli ishlab chiqarildi, bu esa o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 6,9 foizga kam. Yonilg‘i mahsulotlari ishlab chiqarishida turli yo‘nalishlar bo‘yicha har xil ko‘rsatkichlar qayd etilgan. Jumladan, avtomobil benzini ishlab chiqarish hajmi 575,6 ming tonnani tashkil etib, o‘tgan yilga nisbatan 14,8 foizga kamaygan. Ayni vaqtda, dizel yonilg‘isi 557,5 ming tonnani tashkil qilib, o‘tgan yilgi hajmdan 10,4 foizga ko‘proq bo‘lgan. Neft qazib olish hajmi esa 2024 yilga nisbatan 11,2 foizga kamayib, 323,8 ming tonnani tashkil etdi. Bu sohada qisqarish tendensiyasi davom etayotganini ko‘rsatadi.
«Ishlab chiqarishdagi qulash allaqachon birjada aks etayotgani, kuz kelmay turib narxlar sakrayotgani inobatga olinsa, yoqilg‘i borasida bizni o‘tgan yildagidan ham og‘ir va yanada qimmat istiqbol kutmoqda», — deydi iqtisodchi Otabek Bakirov o‘z blogida.
Tabiiy gaz ishlab chiqarish hajmi esa 2024 yildagi 22,4 mlrd metr kubdan 21,7 mlrd metr kubgacha kamaydi. Bu 3,1 foizlik pasayishni anglatadi. Gaz kondensati ishlab chiqarish ham 2024 yilga nisbatan 8,1 foizga kamayib, 574,7 ming tonnani tashkil etdi. Avvalroq, 2025 yilning yanvar-iyun oylarida mamlakatda umumiy hisobda 488,5 trln so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgani haqida xabar bergan edik. Bunda Toshkent shahri, Navoiy, Andijon va Toshkent viloyatlari sanoat hajmi yuqori reytingni qayd qilgan. Mahliyo Hamidova tayyorladi.

Teglar

Mavzuga oid