add

Avtomobil narxlari qulamoqda: Malibu 1450 dollarga, Damas esa 200 dollargacha arzonlashdi

23.06.2025 | 22:458252

2025 yil may oyida ikkillamchi avtomobil bozorida sezilarli pasayish qayd etildi — o‘nlab avtomobillar arzonlashdi. Bu holat iste’molchilar talabining o‘zgarishi va bozordagi taklif ta’siri bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Avtomobil narxlari qulamoqda: Malibu 1450 dollarga, Damas esa 200 dollargacha arzonlashdi
O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti 2025 yil may oyi bo‘yicha ikkilamchi avtomobil bozori tahlilini e’lon qildi. Unga ko‘ra, ko‘plab modellarda narx pasayishi kuzatilgan. Ommaviy mahalliy modellar — Onix, Lacetti, Cobalt, Nexia, Spark va Damas avtoulovlari narxi aprel oyiga nisbatan arzonlashgan. Masalan, Onix 800 dollarga, Damas esa holatiga qarab 50-200 dollar oralig‘ida arzonlashdi. Lyuks avto segmentida ham pasayishlar qayd etildi. Jumladan, Malibu modeli o‘rtacha 1450 dollarga arzonlashgan. Ammo, Equinox va Tracker kabi modellar narxida oz miqdorda o‘sish kuzatilgan. Elektromobillar bozorida aralash holat shakllangan. BYD Song Plus EV Champion modeli $150 arzonlashgan bo‘lsa, Han va Yuan Up kabi modellar $400 dan 2000 dollargacha qimmatlashgan. Xorijiy avtomobillar orasida eng katta tushish Kia Carnival (3,5 ming dollar ) va Sorento (2,1 ming dollar) modellarida qayd etildi. Biroq kam foydalanilgan Elantra va Sorento narxi biroz oshgan holatlar ham mavjud.

Teglar

Mavzuga oid