
Avtomobil «probegi»ni o‘zgartirganlik uchun javobgarlik belgilanmoqda
Kecha 10:252571 Daqiqa
Avtomobil «probegi»ni o‘zgartirish yoki xaridorni bu haqda xabardor qilmaslik uchun javobgarlik belgilanishi mumkin.

O‘zbekistonda avtomobillarning bosib o‘tgan masofasini o‘zgartirganlik yoki bu haqda xaridorni ogohlantirmaganlik uchun javobgarlik belgilanmoqda. Bu haqdagi qonun loyihasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida ko‘rib chiqildi.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga qo‘shimchalar kiritilishi kutilmoqda.
Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, avtotransport vositasini sotishdan oldin odometr ko‘rsatkichlari o‘zgartirilgani yoki uskuna almashtirilgani haqida xaridorni xabardor qilmaslik huquqbuzarlik deb baholanadi va buning uchun javobgarlik choralari belgilanadi.





