add

«Avval iqtisod...» #5: Yandexʼga boykot, Burger King xatosi va yopilayotgan onkoshifoxona

Iqtisodchi Otabek Bakirov bilan haftalik tahliliy ko‘rsatuvning navbatdagisi Yandex taksiga o‘xshamagan boykot, Burger King va davlat tili, Toshkentda yopilgan onkologiya shifoxonasi va boshqa mavzular tahlil qilindi

«Avval iqtisod...» #5: Yandexʼga boykot, Burger King xatosi va yopilayotgan onkoshifoxona

Vaqt.uz an’anaviy tarzda «Avval iqtisod…» tahliliy ko‘rsatuvining navbatdagi, 5-sonini taqdim etadi.

Iqtisodchi, ekspert Otabek Bakirov va Laylo Xondamirovna ishtirokidagi ko‘rsatuvda Yandex Go taksi agregatoriga boykot nega ish bermagani va bunday boykotlar nega samarasiz ekanligi tushuntirildi.

Toshkentda Burger King ochildi. Xo‘randalar davlat tilida menyu yo‘qligidan nolishdi. Kompaniya vakillari bayonot bilan chiqishdi. Ushbu mashmashalar nima bilan yakunlangani va O‘zbekistonga kirib kelayotgan brendlar aslida qanday yo‘l tutishi kerakligi haqida.

O‘zbekistonliklar uchun AQSH korxonalariga investitsiya qilishga cheklovlar olib tashlandi. Bu yaxshi xabarmi?

Onkologiya shifoxonalari yana auksionga qo‘yiladimi? O‘zbekistonda davlat shifoxonalarining sotilishiga taqiq joriy qilish taklifi nega amalga oshirilmagani haqida. O‘zbekistonda yashirincha xususiylashtirishdan maqsad nima?

Alsher Sultonov va «O‘zbekneftgaz» AJ raisi Bahodirjon Siddiqov iste’foga chiqarildi. Energoamaldorlar iste’fosiga sabab nima?

Teglar

Mavzuga oid