add

«Avval iqtisod...» #7: Strategiya-2030, pasaygan inflatsiya, tashqi qarz va odamlar qarzi

Bugun 15:551 daqiqa

Iqtisodchi Otabek Bakirov bilan haftalik tahliliy ko‘rsatuvning navbatdagisida Strategiya-2030ga kiritilayotgan o‘zgarishlar, inflyatsiyaning pasaygani, ortib borayotgan tashqi qarz va odamlarda qarz yukining ortayotgani va boshqa mavzular tahlil qilindi.


Strategiya-2030 yangilanadi. Yangi marralar va yangi vazifalar qo‘yilmoqda. Yangi marralar ichida ijro qilish imkonlisi va murakkablari ham bor. Ijro qilinishi imkonsiz marralar nima bo‘ladi? Nega energetika vazirligi gaz qazib olish hajmini pasaytirishni belgilamoqda?

2025 yilda inflatsiya 7,3 foizga tushdi. Energetik muammolar ta’sirisiz inflatsiya qancha bo‘lgan bo‘lardi? Qaysi tovar va xizmatlar yuqori sur’atda qimmatlashmoqda.

Xo‘sh, inflatsiya pasaymoqda. Buning ortida 2026 yilda Markaziy bankning asosiy stavkasi ham pasayadimi?

O‘zbekistonning tashqi qarzi 1-noyabr holatiga 75 mlrd dollarga yetdi. 2025 yil yakuniga 80 mlrd dollardan oshishi mumkin. Qozog‘iston qarzi esa 171 mlrd dollardan oshdi. Qozog‘iston va O‘zbekiston qarz mundarijasininng farqi qanday?

Qarz balosi. Banklardan kredit olgan 61 foiz qarzdorlarda qarz qaytarish bo‘yicha muammolar mavjud. Bu qanday oqibatlar keltirib chiqarmoqda. Osongina qarz olish yoshlarning ongini qanday zaharlamoqda.

Teglar

Mavzuga oid