add

Aziz Abduhakimovning chap qo‘lidagi tatuirovka: u nimani anglatadi?

Kecha 17:5884392 Daqiqa

Ijtimoiy tarmoqning ayrim foydalanuvchilari ushbu belgi asosida uni turli oqimlarga mansublikda ayblagan bo‘lsa, ba’zilar hattoki uning nomenklaturada qolishi uchun «ramziy belgilar» bilan bog‘lagan.

Aziz Abduhakimovning chap qo‘lidagi tatuirovka: u nimani anglatadi?

Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimovning qo‘lida paydo bo‘lgan tatiurovka so‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda turli muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.

Ba’zi foydalanuvchilar ushbu belgi asosida uni turli oqimlarga mansublikda ayblagan bo‘lsa, ayrimlar hattoki uning nomenklaturada qolishi uchun «ramziy belgilar» bilan bog‘lagan.

Vaqt.uz muxbirining aniqlik kiritishicha, tatiurovkaning hech qanday oqim, tashkilot yoki siyosiy ramziy ma’noga aloqasi yo‘q. Belgi shunchaki Abduhakimovning yaqinda Braziliyaning Belen shahrida o‘tgan COP30 iqlim konferensiyasidagi ishtiroki bilan bog‘liq.

Amazonka mintaqasida qadimdan mehmonlarga mehmondo‘stlik ramzi sifatida shunday tatiurovka chizish an’anasi mavjud ekan. Mehmon tomonidan ushbu ramzni qabul qilish ham o‘z navbatida mahalliy xalqlarga hurmat, ularning qadriyatlariga ehtirom ifodasi sifatida talqin etiladi.

Tatiurovka tananing turli qismlariga chizilishi mumkin. Turli internet saytlarda tarqalgan misollar orqali ayrim davlat vazirlarining ramzni o‘zining yuziga chizdirganini ham ko‘rish mumkin. Abduhakimov esa ramzni qo‘liga chizdirishni ma’qul ko‘rgan. Mazkur tatiurovka 10–15 kun davomida saqlanadi va vaqt o‘tishi bilan o‘zi yo‘qoladi.

Ma’lumot uchun, COP30 (Conference of the Parties) BMTning Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha Konvensiyasiga a’zo davlatlar ishtirokidagi yirik xalqaro anjumandir. U ilk bor 1992 yilda Rio-de-Janeyroda tashkil etilgan bo‘lib, unda davlatlar hukumatlari, ekspertlar, biznes vakillari va faollar iqlim o‘zgarishlari va ularga qarshi kurash masalalarini muhokama qiladi.

Avvalroq, COP31 iqlim konferensiyasi kelgusi yili Turkiyaning Istanbul shahrida o‘tishi va unda 196 davlat yetakchisi ishtirok etishi mumkinligi haqida xabar bergan edik.

Teglar

Ilyos Safarov

Ilyos SafarovMaqolalar soni: 12

Barchasi

Mavzuga oid

Aziz Abduhakimovning chap qo‘lidagi tatuirovka: u nimani anglatadi? | Vaqt.uz