Bank va fintex: kimning mobil ilovasi yaxshiroq?

Bugun 18:562 daqiqa

O‘zbekistondagi bank va fintex kompaniyalarining mobil ilovalari reytingi e’lon qilindi.

Bank va fintex: kimning mobil ilovasi yaxshiroq?

SNS Ratings agentligi 2026 yil fevral oyi uchun O‘zbekiston banklari va to‘lov tashkilotlarining mobil ilovalari reytingini e’lon qildi.

Reyting Google Play, App Store va foydalanuvchilar faolligi asosida 100 ballik tizimda baholangan.

Tahlil natijalariga ko‘ra, bank ilovalarining o‘rtacha balli (80,08) to‘lov tashkilotlari ilovalarining (78,33) o‘rtacha balidan yuqori bo‘ldi. 

Reytingda 29 ta bank va 20 ta to‘lov tashkilotlarining mobil ilovalari qatnashgan. Ularning bahosi 11 ta shkalaga bo‘lingan. 

Fevral oyida ham bank ilovalari orasida yetakchilikni yana “TBC Bank” saqlab qoldi. Uning mobil ilovasi 97,59 ball bilan reytingda birinchi o‘rinni egalladi. 

Umuman olganda, bank ilovalarining o‘tgan oydagi reyting natijalari o‘zgarmagan. Kuchli beshtalikni yanvar oyidagi kabi: “Anor bank” (94,68 ball), “Ipak Yo‘li bank” (94,08 ball), “Uzum bank” (91,73 ball) va “Aloqabank” (89,35 ball) egalladi.

Keyingi o‘rinlarda “Tenge Bank”, “Asakabank”, “SQB”, “Milliy bank” va “Open Bank” joylashib, TOP-10 ro‘yxatini to‘ldirdi. Ularning reyting ballari 85–88 oralig‘ida shakllangan.

1

To‘lov tashkilotlari orasida eng yuqori baholangan ilova “INSPIRED” bo‘ldi. Kompaniya ilovasi 97,81 ball bilan reytingda yetakchilik qildi.

Ikkinchi o‘rinni “CLICK” (95,47 ball), uchinchi o‘rinni esa “ALIF TECH” (91,58 ball) band etdi. Shuningdek, “Beelab” va “UzPaynet” ham yuqori natijalar bilan birinchi beshlikni yakunladi.

2

Tahlillarga qaraydigan bo‘lsak, barcha ilovalarining Android versiyalari iOS versiyalariga nisbatan yuqoriroq baholanganini ko‘rish mumkin. Foydalanuvchilar faolligi bo‘yicha ko‘rsatkichlar esa deyarli barcha ilovalarda yuqori darajada saqlanib qolgan.

Eng past ball olgan ilovalar

Bank ilovalari orasida eng past baholanganlar banklar: “Garant Bank” (60,28 ball), “Universal Bank” (64,11 ball), “Davr Bank” (69,15 ball), “KDB Bank Uzbekistan” (70,73 ball) hamda “Apex Bank” (70,20 ball) bo‘ldi. Ushbu bank ilovalari foydalanuvchilar baholari va faollik ko‘rsatkichlari bo‘yicha reytingning eng oxirgi qismidan joy oldi. 

To‘lov tashkilotlari ilovalari orasida “Smart Marketplace” (61,22 ball), “Choyxona”(61,79 ball), “Center for Digital Technology and Innovation” (64,75 ball), “Limon Pay” (65,41 ball) va “Mayasoft” (66,62 ball) reytingda eng past baho olgan ilovalar bo‘ldi.

Ayrim ilovalarning past baholanishi bir nechta sabablar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Masalan, ilovalarda funksiyalar kamligi, interfeysning qulay emasligi, texnik muammolar yoki foydalanuvchilar faolligining pastligi bunga ta’sir qilishi mumkin.

Shuningdek, reyting natijalari agentlikning tahliliy fikriga asoslangan bo‘lib, uni rasmiy fakt sifatida qabul qilish tavsiya qilinmaydi.

Teglar:

SEO title:

Meta description: SNS Ratings O‘zbekiston banklari va to‘lov tashkilotlari mobil ilovalarining fevral oyi reytingi natijalarini e’lon qildi.

Teglar

Mavzuga oid