Logo

Banklarda avtokreditlar o‘rtacha foizi to‘rt haftadan beri rekord darajada pasaymoqda

Bugun 12:252 daqiqa

Bu ko‘rsatkich Markaziy bank mikroqarz va avtokreditlarning o‘rtacha foiz stavkalarini e’lon qilishni boshlaganidan beri kuzatilgan eng past daraja bo‘ldi.

Banklarda avtokreditlar o‘rtacha foizi to‘rt haftadan beri rekord darajada pasaymoqda © Shutterstock

Markaziy bank 2026 yil 8-iyun holatiga ko‘ra, tijorat banklari tomonidan aholiga ajratilgan mikroqarz va avtokreditlar bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkalarini e’lon qildi.

Yangi haftada avtokreditlar bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkasi 21,5 foizni, mikroqarzlar bo‘yicha esa 29,4 foizni tashkil etdi. Avtokreditlarning yangi haftadagi ko‘rsatkichi bir hafta avvalgi 21,7 foizdan ham past bo‘lib, Markaziy bank ushbu statistikani e’lon qilishni boshlaganidan beri kuzatilgan eng past darajalardan biri sifatida qayd etildi.

Mikroqarzlar

Mikroqarzlar segmentida eng past foiz stavkasi 23,2 foiz bilan «Aloqabank»da qayd etildi. Keyingi o‘rinlarda «Asia Alliance Bank» 24 foiz, «Infinbank» 24,2 foiz, «Trastbank» 25,1 foiz va «Milliy bank» 25,3 foiz stavka bilan joylashdi.

Shuningdek, «Turonbank» 25,6 foiz, «BRB» 25,7 foiz, «OFB» 25,9 foiz, «Asakabank» 26,3 foiz, «Xalq banki» va «Mikrokreditbank» 26,7 foizdan, «Agrobank» 26,8 foiz hamda «SQB» 27,1 foiz stavka bilan mikroqarz taklif qilmoqda. «Garant bank»da bu ko‘rsatkich 27,5 foizni tashkil etgan.

Yuqori segmentda esa «Universal bank» 30,1 foiz, «Poytaxt bank» 30,6 foiz, «Apex Bank» 31,2 foiz, «Madad Invest Bank» 31,3 foiz va «Hamkorbank» 32,2 foiz stavka taklif qilmoqda.

Eng yuqori stavkalar «Ipoteka bank» 33,6 foiz, «Ipak Yo‘li bank» 34,1 foiz, «Davr bank» 34,5 foiz, «TBC bank» 35,3 foiz, «Uzum Bank» 38 foiz, «AVO Bank» 39,9 foiz, «Anor bank» 41,6 foiz va «Tenge bank» 42,5 foizda qayd etildi.

1


Avtokreditlar

Avtokreditlar bo‘yicha eng past stavka 18,1 foiz bilan «Davr bank»da qayd etildi. Keyingi o‘rinlarda «BRB» 19,4 foiz, «Garant bank» 19,5 foiz va «Apex bank» 20,7 foiz stavka bilan joylashdi. Shuningdek, «Aloqabank» 21 foiz, «Hamkorbank» 21,1 foiz, «SQB» 21,3 foiz, «Ipotekabank» 21,6 foiz va «Ipak Yo‘li bank» 21,8 foiz stavka bilan avtokredit ajratmoqda.

O‘rta segmentda «OFB» 22,5 foiz, «Asakabank» 22,6 foiz, «Mikrokreditbank» 22,8 foiz, «Trastbank» 23,1 foiz, «Xalq banki» 23,2 foiz, «Asia Alliance Bank» 23,3 foiz va «Milliy bank» 23,6 foiz stavka taklif qilmoqda.

Yuqori segmentda esa «Agrobank» 24,3 foiz va «Turon bank» 24,9 foiz stavka bilan avtokredit ajratmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, banklar orasida eng yuqori avtokredit stavkasi 27,9 foiz bilan «Madad Invest Bank»da qayd etilgan.

2

Teglar

Mavzuga oid

Banklarda avtokreditlar o‘rtacha foizi to‘rt haftadan beri rekord darajada pasaymoqda | Vaqt.uz