Banklarda ommaviylik o‘sdi, ammo likvidlik-chi?

Kecha 08:582 daqiqa

2025-yilda bank sektori aksiyadorlar soni bo‘yicha rekord qayd etdi. Biroq ushbu o‘sish erkin bozor chuqurlashganini anglatadimi?

Banklarda ommaviylik o‘sdi, ammo likvidlik-chi?

2025 yil yakunlariga ko‘ra, bank sektori kapital bozorining eng ommabop segmenti bo‘lib qolmoqda. «Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi» ma’lumotlariga ko‘ra, 38 ta bank tomonidan chiqarilgan aksiyalarning umumiy hajmi 95,9 trln сўмдан oshgan. Jami aksiyadorlar soni esa 234 ming 531 nafarга yetgan.

Investorlarning qariyb 75 foizi, ya’ni 174 ming 089 nafari jismoniy shaxslardir. Bu aholining fond bozoriga bo‘lgan qiziqishi ortganini ko‘rsatadi.

Reytingda «Agrobank» 92 789 nafar aksiyador bilan yetakchilik qilmoqda. Keyingi o‘rinlarda «SQB» (40 145) va «Mikrokreditbank» (34 603) qayd etilgan.

 

Likvidlik va konsentratsiya

Aksiyadorlar sonining ko‘pligi har doim ham aksiyalarning erkin muomala hajmi yuqoriligini anglatmaydi. Masalan, ochiq ma’lumotlarga ko‘ra, «Agrobank» kapitalida davlat ulushi 98 фоиздан ortiqni tashkil etadi. Jismoniy shaxslar ulushi esa 0,1 foizga ham yetmaydi.

Bunday strukturada aksiyalarning «free float» qismi cheklangan bo‘ladi. Natijada, ikkilamchi bozordagi real savdo hajmi umumiy kapitallashuvga nisbatan past darajada saqlanib qoladi. Bu holat bozor chuqurligi va likvidlik ko‘rsatkichlariga bevosita ta’sir qiladi.

Shu bilan birga, bank aktivlarining taxminan 79 foizi davlat nazoratidagi beshta yirik bank hissasiga to‘g‘ri keladi. Bunday konsentratsiya xususiy va institutsional investorlar uchun raqobat muhitini cheklashi mumkin.

 

Islohotlar va istiqbol

Hukumat tomonidan 29 ta yirik davlat korxonasini xususiylashtirish dasturi tasdiqlangan. «UzNIF» milliy investitsiya fondining tashkil etilishi va uning xalqaro boshqaruv kompaniyasiga berilgani kapital bozorida institutsional sifatni oshirishga qaratilgan qadam sifatida baholanmoqda.

Bank sektorida muammoli kreditlar ulushi 3 foizgacha kamaygani tizim barqarorligini ko‘rsatadi. Biroq haqiqiy erkin bozor shakllanishi uchun davlat ulushi bosqichma-bosqich kamayishi va «free float» ulushining oshishi hal qiluvchi omil bo‘lib qolmoqda.

Xulosa qilib aytganda, 2025 yil bank bozori miqdor jihatdan o‘sishni namoyon etdi. Endi bozor oldida turgan asosiy vazifa ommaviylikni chuqur likvidlik va real bozor faolligiga aylantirishdir.

Teglar

Mavzuga oid