add

«Barselona» Erling Holand uchun 125 mln yevro tayyorlamoqda

05.10.2025 | 22:417804

Joan Laporta jamoaga yangi yulduz olib kelish niyatida. «Barselona» Erling Holandni sotib olish uchun ikki futbolchisini sotishga tayyorlanmoqda.

«Barselona» Erling Holand uchun 125 mln yevro tayyorlamoqda
«Barselona» prezidenti Joan Laporta Parijda «PSJ»ga qarshi mag‘lubiyatdan so‘ng jamoadagi asosiy muammoni aniqlaganini aytdi. Uning fikricha, jamoa samarali hujumchiga muhtoj. Robert Levandovskining yoshi va formasi pasayganini hisobga olganda, jamoada doimiy gol uradigan futbolchi yo‘q. Laporta shunday holatda yangi hujumchi olib kelishni juda muhim deb hisoblamoqda. Uning asosiy orzusi — «Manchester Siti» yulduzi Erling Holandni Kataloniyaga olib kelish. Avval bu harakat amalga oshmagan, chunki klub moliyaviy qiyinchilikka duch kelgan edi. Ammo hozirda Laporta imkoniyatlar ancha yaxshilanganini ta’kidlamoqda. «Siti»dagi so‘nggi natijalar inqirozi va murabbiy Pep Gvardiolaning mavsum yakunlangach ketish ehtimoli fonida norvegiyalik hujumchining «Barsa»ga ko‘chishi imkoniyati oshmoqda. Holandning o‘zi ham bir necha marta Angliya Premiyer-ligasidan tashqarida o‘z kuchini sinab ko‘rish niyati borligini aytgan. U uchun Ispaniyaning La Liga EA Sports chempionati juda qiziq tuyularkan. Laporta rejasiga ko‘ra, «Barselona» Holand uchun 125 mln yevro taklif etishi mumkin. Bu mablag‘ni to‘plash uchun klub ikki muhim transfer amalga oshirishi kerak bo‘ladi. Birinchi navbatda himoyachi Ronald Arauxo sotilishi mumkin, chunki u so‘nggi mavsumlarda o‘z qiymatini sezilarli oshirdi. Ikkinchi sotuv ehtimoli esa Fermin Lopes yoki Dani Olmoga tegishli bo‘lishi mumkin, deb yozadi Kataloniyaning El Nacional nashri. Laporta bu orqali jamoani qayta qurish va Yevropadagi yetakchi maqomini tiklashni maqsad qilmoqda. Uning so‘zlariga ko‘ra, «Barsa»ning yangi bosqichi Holand kabi yulduz bilan boshlanishi kerak.  

Teglar

Mavzuga oid

«Barselona» Erling Holand uchun 125 mln yevro tayyorlamoqda | Vaqt.uz