add

Bashar Asad davrida Suriyadagi har uchinchi fuqaro kuzatuvga olingan

26.05.2025 | 22:2446233

Suriyada sobiq prezident Bashar Asad boshqaruvi davrida mamlakat maxsus xizmatlari tomonidan kamida 8 million kishi kuzatuvga olingan. Kuzatuv asosan siyosiy sabablarga borib taqalgan.

Bashar Asad davrida Suriyadagi har uchinchi fuqaro kuzatuvga olingan
Kuzatuv Suriya aholisining taxminan uchdan bir qismini qamrab olgan. Mahalliy Ichki ishlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu shaxslar haqida ma’lumot to‘plangan, ular kuzatilgan yoki qidiruvga berilgan. Kuzatuvga tushgan shaxslar orasida asosan siyosiy faollar, norozilik namoyishchilari, muxolifat a’zolari va rejimga qarshi chiqishda gumon qilingan fuqarolar bo‘lgan. Ulardan ko‘pchiligi «terrorizm»da ayblanib, hibsga olingan yoki sudsiz jazoga tortilgan, deb yozadi Deutsche Welle Suriya IIVga asoslanib. Vazirlikning ma’lum qilishicha, ko‘plab fuqarolar o‘zlariga nisbatan kuzatuv olib borilayotganini faqatgina nazorat-o‘tkazish punktlarida yoki mamlakatni tark etishga uringan paytlarida bilgan. Bu holatlar inson huquqlari hamda shaxsiy erkinliklar jiddiy ravishda buzilganini ko‘rsatadi. 2024 yil oxirida mamlakatda katta siyosiy o‘zgarish yuz berdi. Qurolli muxolifat guruhi — «Hay’at Tahrir ash-Shom» prezidenti Asad rejimiga qarshi kurashda yutuqqa erishib, poytaxt Damashqni egalladi. Asad va uning oila a’zolari Rossiyaga qochib ketdi. Mamlakat rahbarligiga tayinlangan yangi prezident Ahmad ash-Shar’a xalqaro munosabatlarni tiklash va G‘arb bilan muloqotni yaxshilash niyatida ekanini ma’lum qildi. AQSH va Yevropa Ittifoqi bu siyosiy o‘zgarishlarni qo‘llab-quvvatlab, may oyida Suriyaga nisbatan qo‘llangan sanksiyalarning bir qismini bekor qilishga kirishdi.

Teglar

Mavzuga oid