add

BAT Uzbekistan Investment Limited UzBATning 2,6 foizlik davlat ulushini sotib oldi

14.10.2025 | 15:5029993

UzBAT aksiyalarining 2,6 foizlik davlat ulushi 269,7 milliard so‘mga Britaniyaning BAT Uzbekistan Investment Limited kompaniyasiga sotildi.

BAT Uzbekistan Investment Limited UzBATning 2,6 foizlik davlat ulushini sotib oldi
Toshkent fond birjasining birjadan tashqari platformasida UzBAT kompaniyasidagi davlat ulushi bo‘yicha yirik bitim amalga oshirildi. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi ma’lumotiga ko‘ra, 2,6 foizlik aksiya paketi 269,75 milliard so‘mga baholanib, Britaniyaga tegishli BAT Uzbekistan (Investment) Limited tomonidan xarid qilingan. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi ma’lum qilishicha, mazkur bitim bo‘yicha kelishuv 29 sentyabr kuni imzolangan. Unda paket baholangan qiymatda sotilishi belgilangan bo‘lib, baholash jarayonida mustaqil ekspertlar va baholash hisobotiga doir ekspertiza ham jalb etilgan. Bitimdan tushgan mablag‘lar Xususiylashtirish jamg‘armasiga o‘tkazilib, keyinchalik Respublika byudjetiga yo‘naltirilgan. Bu davlat aktivlarini ochiq va shaffof usulda xususiylashtirish siyosatining davomi hisoblanadi. O‘zbekiston qonunchiligiga ko‘ra, aksiyadorlar o‘z aksiyalarini sotish niyati haqida boshqa aksiyadorlarni yozma ravishda xabardor qilishi shart. Agar boshqa ishtirokchilar bu huquqdan foydalanmasa, kompaniyaning o‘zi — UzBAT — aksiyalarni qaytarib sotib olish (buyback) huquqiga ega bo‘ladi. UzBAT ustaviga muvofiq, aksiyadorlar o‘zlariga tegishli ulush miqdoriga mutanosib ravishda sotilayotgan aksiyalarni ustuvor xarid qilish huquqiga ega. Bu safar ana shu huquqdan foydalangan Britaniya kompaniyasi davlat ulushini to‘liq qiymatda sotib oldi.

Teglar

Mavzuga oid

BAT Uzbekistan Investment Limited UzBATning 2,6 foizlik davlat ulushini sotib oldi | Vaqt.uz