add

Baydenning hech kimga keragi yo‘q…mi?

16.09.2025 | 23:0016694

Unga qarzlardan qutilishda partiyadoshlari ham, yirik kompaniyalar ham, yaqinlari ham ko‘mak bermayotgani aytildi.

Baydenning hech kimga keragi yo‘q…mi?
AQSHning sobiq prezidenti Jo Bayden prezidentlikdan keyin pullik ma’ruzalar va tijorat loyihalari orqali daromad topishda qiyinchiliklarga duch kelayotgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda «The Wall Street Journal» xabar qildi. Nashrga ko‘ra, Baydenning nufuzli kompaniyalar va tashkilotlardan takliflar olishi uning yoshi, Demokratik partiya ichidagi obro‘si pasaygani va ayrim korporatsiyalarning prezident Donald Tramp g‘azabidan qo‘rqishi sabab cheklanmoqda. Jo Baydenning so‘nggi tanqidchilaridan biri AQSHning sobiq vitse-prezidenti Kamala Xarris bo‘ldi. U o‘zining «107 kun» nomli xotiralarida demokratlarni Baydenning yana o‘z nomzodini ko‘rsatishiga yo‘l qo‘ygani uchun beparvolikda ayblaydi. «Orqaga nazar tashlaganimda, bu aqlsizlik edi deb o‘ylayman. Tavakkalchilik juda yuqori edi»,- deb ta’kidlaygandi Xarris. The Wall Street Journal gazetasi yozishicha, Baydenning o‘tmishdoshlari foydalangan mustahkam moliyaviy poydevor va zich pullik nutqlar jadvali yo‘q. Sobiq prezident har bir ma’ruza uchun 300 mingdan 500 ming dollargacha olishi mumkin edi. Sobiq prezidentning moliyaviy holati ham qiyin kechayotgani aytilmoqda. U prezidentlikni tark etganidan ko‘p o‘tmay 800 ming dollar qarzi borligini tan olgan. Bu qarzning katta qismi Delaver shtatida 2,7 million dollarlik uy xarid qilish uchun olingan kredit bilan bog‘liq. Shuningdek, 2025 yilda ko‘chmas mulk solig‘i 20 foizga oshishi Baydenlar oilasi yukini yanada og‘irlashtirgan. Bundan tashqari, katta xarajatlar Baydenning o‘g‘li Xanterning sud jarayonlari, qizi Eshliyning ajralish jarayoni va nabiralarini qo‘llab-quvvatlash bilan bog‘liq. Sobiq prezidentning asosiy daromad manbasi — Hachette Book Group bilan tuzilgan shartnoma hisoblanadi. Ushbu nashriyot Baydenning kelgusi xotiralarini chop etish huquqi uchun 10 million dollar to‘lagan.

Teglar

Mavzuga oid