add

Baydenning yana 12–18 oy umri qolgan bo‘lishi mumkin — Oq uyning sobiq shifokori

22.05.2025 | 11:002683

AQSHning sobiq prezidenti Jo Baydenga agressiv shakldagi prostata saratoni tashxis qilingan va uning umri 12 oydan 18 oygacha qolgan bo‘lishi mumkin. Bu haqda Oq uyning sobiq shifokori Ronni Jekson ma’lum qildi.

Baydenning yana 12–18 oy umri qolgan bo‘lishi mumkin — Oq uyning sobiq shifokori
AQSH prezidenti Jo Baydenga prostata bezi saratonining ilgarilab ketgan agressiv shakli tashxis qilingan bo‘lib, uning hayot davomiyligi 12–18 oy bo‘lishi mumkin. Bu haqda respublikachi kongressmen va Oq uyning sobiq shifokori Ronni Jekson bayonot berdi. Jeksonning so‘zlariga ko‘ra, u bir qator urolog mutaxassislar bilan suhbatlashgan va ularning barchasi taxminan shu muddatni aytgan. «Bu mening ixtisosim emas, ammo professionallar bilan gaplashganimda, ular bir ovozdan 12–18 oy degan fikrni bildirishdi. Umid qilamanki, u uzoqroq yashaydi va davolash samarali kechadi», dedi u. Baydenning matbuot kotibi esa 18 may kuni uning tashxisi haqiqat ekanini tasdiqladi va kasallik davolanishi mumkinligini ta’kidladi. Shunga qaramay, jamoatchilik Oq uyning 2024 yildagi rasmiy tibbiy hisobotida Bayden sog‘lom deya baho berilgani va prostata bezida muammo yo‘qligi qayd etilganidan so‘ng shubhalar paydo bo‘ldi. Mashhur onkolog Ezekiel Emanuelning ta’kidlashicha, kasallik 2021 yilda, Baydenning prezidentlik faoliyati boshlangan paytda rivojlana boshlagan bo‘lishi mumkin. Ma’lumot uchun, Jo Bayden hozirda 82 yoshda. U 2024 yildagi saylov poygasidan chiqishga qaror qilgan. Bu qarorga uning sog‘lig‘iga oid xavotirlar, xususan, ommaviy chiqishlardagi adashishlar, unutuvchanlik va jismoniy zaiflik sabab bo‘lgani aytilmoqda.

Teglar

Mavzuga oid