Baytqo‘rg‘on – Parkent elektrlashtirilgan temir yo‘li qurib bitkazildi

Bugun 20:101 daqiqa

Shu vaqtgacha Toshkentdan Parkentga faqat «Qo‘yliq» yoki «Rohat» aylanma yo‘llari orqali, asosan taksi yoki avtobuslarda borish mumkin edi.

Baytqo‘rg‘on – Parkent elektrlashtirilgan temir yo‘li qurib bitkazildi © Foto: Видеодан кадр

Baytqo‘rg‘on-Parkent elektrlashtirilgan temir yo‘li tarmog‘ining qurilish ishlari yakunlandi. Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Toshkent viloyatining Parkent tumanida uzunligi 23,8 km bo‘lgan mazkur bir izlik temir yo‘l liniyasining qurilishi 2025-yil boshida boshlangan edi.

Loyiha doirasida ko‘priklar, tunnel va infratuzilma obyektlari barpo etildi. Temir yo‘lda kuniga 275 ming nafargacha yo‘lovchi tashish mumkin.

Tutashuv nuqtasi

Baytqo‘rg‘on bekati Qibray tumanida joylashgan bo‘lib, u Toshkent–Xojikent temir yo‘l tarmog‘ining muhim bo‘g‘ini hisoblanadi. Yangi yo‘l aynan shu nuqtadan Parkent tomonga qarab yo‘nalish olgan.

Relef murakkabligi

Parkent tumani dengiz sathidan balandda, tog‘ oldi hududlarida joylashgan. Shu sababli 23,8 km masofada tunnellar va ko‘priklar qurilishi muhandislik nuqtai nazaridan murakkab loyiha hisoblanadi. Parkentda dunyoda ikkitagina bo‘lgan (biri Fransiyada) Katta Quyosh pechi va Materialshunoslik instituti joylashgan. Temir yo‘lning ishga tushishi ushbu noyob obyektga sayyohlar va olimlarning kelishini keskin osonlashtiradi.

Parkent uzumchilikka ixtisoslashgan. So‘qoq va Kumushkon kabi dam olish maskanlariga boruvchi sayyohlar oqimi yoz mavsumida avtomobil yo‘llarida tirbandlik hosil qilar edi. Temir yo‘l bu muammoni yechishga qaratilgan.

Shu vaqtgacha Toshkentdan Parkentga faqat «Qo‘yliq» yoki «Rohat» aylanma yo‘llari orqali, asosan taksi yoki avtobuslarda borish mumkin edi.

Teglar

Mavzuga oid