add

Beeline abonentlari kunlik to‘lovni endi mustaqil boshqaradi

08.08.2025 | 14:0016953

Mobil aloqa operatori Raqobat qo‘mitasi belgilagan talablarni amalga oshirdi.

Beeline abonentlari kunlik to‘lovni endi mustaqil boshqaradi
Raqobat qo‘mitasi iyun oyi boshida «UNITEL» MCHJ (Beeline)ga tarif shartlarini qayta ko‘rib chiqish va iste’molchilar uchun kamsituvchi holatlarni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rsatma bergan edi. Qo‘mitaga kelib tushgan murojaatlar tahlilida ko‘plab tariflarda oylik abonent to‘lovini yechish imkoni bo‘lmaganda avtomatik ravishda kunlik to‘lovga o‘tish xizmatini o‘chirish yoki faollashtirish imkoniyati mavjud emasligi aniqlangan. Bu esa abonentlarning xabardorligisiz ortiqcha mablag‘ yo‘qotishi va noroziliklarga sabab bo‘lgan. Qo‘mita ko‘rsatmasida (https://t.me/RaqobatGovUz/10841)n so‘ng kompaniya «Kunlik abonent to‘lovi rejimiga o‘tish» xizmatini boshqarish imkoniyatini joriy qildi. Bu haqda rasmiy sayt orqali ma’lumot berilib, mavjud tariflardagi barcha abonentlarga SMS xabarnoma yuborilgan. Xabarnomada xizmatni boshqarish tartibi to‘liq tushuntirilgan. Endilikda abonentlar kunlik abonent to‘lovi yechish xizmatini quyidagi yo‘llar orqali faollashtirishi yoki o‘chirishi mumkin: — USSD kod orqali; — Hambi mobil ilovasi orqali; — Kompaniyaning aloqa markaziga qo‘ng‘iroq qilish orqali; — Beeline savdo ofislariga murojaat qilish orqali. Qo‘mita avval Ucell va Mobiuz operatorlariga ham shunday ko‘rsatmalar bergan va ularning ijrosi haqida ma’lumot bergan. Tashkilot telekommunikatsiya sohasida iste’molchi huquqlarini himoya qilish bo‘yicha nazorat va amaliy chora-tadbirlarni davom ettirishini bildirdi.

Teglar

Mavzuga oid