add

Bekobodda pora olgan MIB xodimi qamaldi

11.08.2025 | 14:1512122

Aliment qarzdorligi bo‘yicha xorijga chiqish taqiqini yechish evaziga pora olgan davlat ijrochisi 6 yilga ozodlikdan mahrum etildi.

Bekobodda pora olgan MIB xodimi qamaldi
DXXning Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi ma’lumoticha, Bekobod shahri Majburiy ijro byurosi davlat ijrochisi, 1989 yilda tug‘ilgan erkak fuqaroning xorijga chiqish taqiqini bekor qilish uchun 20 mln so‘m talab qilgan. U shundan 13 mln so‘mni pora sifatida olgan paytida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Tergovda aniqlanishicha, u shu «xizmati» uchun avvalroq 450 AQSH dollari va 1 mln 300 ming so‘m ham olgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, sudga oshirilgan. Bekobod tuman sudi hukmiga ko‘ra, u Jinoyat kodeksining pora olish va firibgarlikka oid moddalari bilan aybdor deb topildi. Shuningdek, 2 yil muddatga huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda davlat ishtirokidagi tashkilotlarda rahbarlik va moddiy javobgarlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilindi. Sud hukmi bilan sobiq davlat ijrochisi 6 yil ozodlikdan mahrum etilib, jazoni umumiy tartibdagi koloniyada o‘taydi.

Teglar

Mavzuga oid