
Belarus Tramp tashkil etayotgan «Tinchlik kengashi»ning birinchi a’zosiga aylandi
Belarus prezidenti mamlakatning yangi tuzilmaga qo‘shilishi haqida bayonot bedi.

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko AQSH prezidenti Donald Tramp tashabbusi bilan tashkil etilayotgan «Tinchlik kengashi»ga mamlakatning qo‘shilishi to‘g‘risidagi hujjatni imzolaganini ma’lum qildi.
Shu tariqa, Belarus ushbu tuzilmaga asoschi bo‘lishga tayyorligini ommaviy ravishda tasdiqlagan birinchi davlat bo‘ldi.
Lukashenkoning bayonoti
«Hozirgina hujjatni imzoladim. Ular so‘raganidek, Qo‘shma Shtatlarga tegishli murojaatni imzoladim. Biz ularning taklifini qabul qilishga va ushbu Kengashning ta’sischilariga aylanishga tayyormiz», — dedi Lukashenko.
Asosiy maqsad — Ukraina masalasi
Belarus yetakchisi Minsk o‘z imkoniyatlarini xolisona baholashini ta’kidlar ekan, yangi tuzilmada ishtirok etishdan ko‘zlangan asosiy maqsad Ukraina bo‘yicha tinchlik tashabbuslarini muhokama qilish va ilgari surishdan iborat ekanini bildirdi.
«Avvalo, balki biz Ukraina bo‘yicha nimadadir yordam berarmiz, qandaydir muhokama o‘tkazib, tinchlikni ilgari surarmiz, uni yaqinlashtira olarmiz, Ukraina rahbariyatiga ta’sir o‘tkaza olarmiz. Mana shu meni hammasidan ham ko‘proq qiziqtiradi», — dedi u.





