add

Bir yilda 2 million kishi o‘zini ishga joylashtirdi

17.07.2025 | 23:0031462

O‘zbekistonda o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar soni 2025 yil 1 iyul holatiga ko‘ra, 5,5 million nafardan oshib ketdi.

Bir yilda 2 million kishi o‘zini ishga joylashtirdi
O‘zbekistonda 2025 yil 1 iyul holatiga o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar soni 5,5 million nafardan oshdi. Bu 2024 yilning xuddi shu davriga nisbatan 2 million nafarga ko‘p bo‘lib, 56 foiz o‘sishni tashkil etdi. O‘zini o‘zi band qilish sonidagi o‘sish, ayniqsa, quyidagi sohalarda yuqori sur’atda bo‘lgani kuzatildi: Maishiy xizmatlar sohasida 51,4 foizga o‘sib, 753,1 ming nafar yangi fuqaro o‘zini ushbu soha orqali band etgan. Qishloq xo‘jaligi xizmatlaridagi o‘sish 66,1 foizni tashkil etib, 606,9 ming nafar yangi bandlik yaratilgan. Ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalarida 213,2 ming fuqaro o‘zini o‘zi band qilganlar safiga qo‘shilib, 64,4 foiz o‘sish qayd etildi.

Teglar

Mavzuga oid