add

Bitcoin narxi ilk bor 110 ming dollardan oshib ketdi

2025 yil 22 mayga o‘tar kechasi Bitcoin kriptovalyuta narxi tarixda ilk bor 110 ming dollar chegarasini buzib o‘tdi. Binance ma’lumotlariga ko‘ra, narx 111 880 dollargacha chiqdi, so‘ng esa biroz pasaydi.

Bitcoin narxi ilk bor 110 ming dollardan oshib ketdi
Bitcoin kriptovalyutasi narxi 2025 yil 22 may kuni tongda 110 ming dollardan oshib, yangi rekord qayd etdi. Binance kriptobirjasi ma’lumotlariga ko‘ra, Toshkent vaqti bilan 6:45 da Bitkoyn narxi 111 880 dollarga yetgan. Keyin esa unda biroz pasayish kuzatilgan. Bitcoinʻning bu rekord darajadagi o‘sishi so‘nggi oylardagi murakkab iqtisodiy vaziyatga qaramay ro‘y berdi. Aprel oyi boshida kriptovalyuta narxi 75 ming dollardan pastga tushgandi. Bu AQSH prezidenti Donald Tramp tomonidan yangi, keng ko‘lamli savdo bojlari joriy etilishi rejalari bilan bog‘liq xavotirlar fonida yuz bergandi. Savdo bozorlari pasaygani, fond indekslarining tushishi kriptobozorga ham ta’sir ko‘rsatgan. Biroq keyinchalik bu bojlar rejasi vaqtincha to‘xtatildi va Bitcoin yana o‘sishni boshladi. Investorlar xavf-xatar kamayganidan keyin raqamli aktivlarga qaytib sarmoya kiritishni kuchaytirdi. Bu jarayon Bitkoynning yangi cho‘qqilarga chiqishiga sabab bo‘ldi. Bitcoin narxining bunday balandlashuvi kriptovalyutaga bo‘lgan ishonchning oshib borayotganini ko‘rsatadi. Xususan, iqtisodiy noaniqlik sharoitida ko‘plab sarmoyadorlar Bitcoinʻni inflyatsiyadan himoya vositasi sifatida ko‘ra boshlagan.

Teglar

Mavzuga oid

undefined | Vaqt.uz