add

«Biz qul emasmiz». O‘zbekiston ijtimoiy tarmoqlarida yangi fleshmob boshlandi

25.08.2025 | 20:2015152

Bunga rossiyalik yo‘lovchining o‘zbekistonlik taksi haydovchisini «ruslarning quli» deb haqorat qilgani sabab bo‘ldi.

«Biz qul emasmiz». O‘zbekiston ijtimoiy tarmoqlarida yangi fleshmob boshlandi
O‘zbekistonda mehnat muhojirlarini qo‘llab-quvvatlash harakati boshlanib ketdi — ijtimoiy tarmoqlarda #bizqulemasmiz (biz qul emasmiz) heshtegi ostidagi postlar ko‘paymoqda. Bunga sabab, Rossiyada rus millatiga mansub bir yo‘lovchining o‘zbekistonlik taksi haydovchisini «ruslarning quli» deb haqorat qilgani bo‘ldi. Yurtdoshlarini himoya qilishga birinchi bo‘lib Oliy Majlis Qonunchilik palatasining sobiq deputati Rasul Kusherbayev bel bog‘ladi. Aynan u Instagram'da fleshmobni boshladi, shundan so‘ng g‘oya butun mamlakat bo‘ylab foydalanuvchilar orasida tez tarqaldi. Uning Reels’i uch soat ichida 455 ming marta ko‘rildi. Heshtegli postlar ko‘payib bordi, estafetani o‘zbek rejissyori Ravshan Norboyev ham davom ettirdi.

Teglar

Mavzuga oid