add

«Biznesni rivojlantirish banki» xodimiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Bugun 13:552711 daqiqa

«Biznesni rivojlantirish banki» xodimi kredit ajratib berishi uchun pora olayotganda qo‘lga olindi.

«Biznesni rivojlantirish banki» xodimiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Surxondaryo viloyatida «Biznesni rivojlantirish banki»ning hududiy boshqarma xodimi fuqaroga kredit ajratish jarayonida noqonuniy ravishda pul talab qilgan paytda davlat xavfsizlik xizmatining hududiy bo‘linmasi va ichki ishlar organlari hamkorligida ushlandi.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, xodim Sho‘rchi tumanida yashovchi fuqaro nomiga kredit rasmiylashtirishni tezlashtirish va muammolarni hal qilish uchun 2000 AQSH dollari hamda 1,3 mln so‘m talab qilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, fuqaro 17 mlrd so‘mlik kredit ajratish yuzasidan bankka murojaat qilgan. Mutaxassis unga kredit olish uchun taqdim etilgan garov ob’ekti «Elektron baholash» tizimida yetarli qiymatga ega emasligini bildirgan va bu muammoni bartaraf etishni va’da qilgan holda pul talab qilish yo‘li bilan firibgarlikka qo‘l urgani aniqlangan.

Huquqni muhofaza qilish organlari xodimni pora olayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlab, mavjud holat bo‘yicha jinoyat ishini qo‘zg‘atdi. Tergov materiallari mazkur holat bank sohasida shaffoflik va qonunchilik talablariga amal qilish zarurligini yana bir bor ko‘rsatmoqda.

Hozirda ayblanuvchiga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi «v» bandi bilan ish qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda va qo‘shimcha holatlar o‘rganilmoqda.

Teglar

Mavzuga oid