add

Blogerlar majburiyatlarini yengillashtiruvchi qonun loyihasi

08.05.2025 | 11:5025142

Onlayn-platformalar foydalanuvchilari huquqlarini qonun bilan mustahkamlash, axborot xavfsizligini oshirish va blogerlarga nisbatan majburiyatlarni yengillashtirish ko‘zda tutilgan yangi qonun loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yiladi.

Blogerlar majburiyatlarini yengillashtiruvchi qonun loyihasi
7 may kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasida internet foydalanuvchilari huquqlari va onlayn muhitda yuzaga kelayotgan ijtimoiy munosabatlar muhokamasiga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi. Unda deputatlar, media mutaxassislar va Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi vakillari ishtirok etdi. Tadbirda ma’lum qilinishicha, sohani tartibga solish maqsadida onlayn-platformalarda foydalanuvchilar huquqlarini himoya qiluvchi yagona qonun loyihasi ishlab chiqilgan. Loyihada foydalanuvchilarni yolg‘on axborot, zo‘ravonlik va nafrat targ‘ibiga qarshi himoya qilish, huquqiy aniqlik yaratish, inflyuyenserlar va blogerlarning javobgarlik chegarasini belgilash kabi masalalar nazarda tutilgan. Qonun qabul qilinishi internetda axborot tarqatish tartibini izchillashtiradi, biznes yuritish shartlarini aniqlashga yordam beradi hamda fuqarolarning sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilish imkoniyatini kuchaytiradi. Blogerlar uchun mas’uliyat yengillashishi esa sohadagi yukni kamaytiradi va huquqiy barqarorlikni ta’minlaydi, deyishmoqda deputatlar.

Teglar

Mavzuga oid