
BMT Bosh kotibi Isroilning Eronga hujumiga izoh berdi
13.06.2025 | 14:4029812
BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish Yaqin Sharqdagi harbiy keskinlikning avj olishi munosabati bilan jiddiy tashvish bildirdi. Uning ta’kidlashicha, bunday hujum muzokaralar davom etayotgan bir paytda amalga oshirilgani xavotir uyg‘otadi.

Guterrish o‘z bayonotida shunday deydi: «BMTga a’zo barcha davlatlar BMT Ustavi va xalqaro huquq normalariga rioya etishi shart». U, shuningdek, vaziyatning yanada chuqur inqirozga aylanmasligi uchun tomonlarni maksimal toqat va siyosiy ehtiyotkorlikka chaqirdi.
Isroil tomoni 13 iyun kuni Eron hududidagi bir qator yadroviy va harbiy ob’ektlarga havo zarbalari berganini tasdiqladi. Bu hujumlar aynan yadroviy dastur bo‘yicha muzokaralar Ummonda davom etayotgan paytga to‘g‘ri keldi.
BMT rahbari bu kabi harakatlar nafaqat mintaqada, balki butun dunyoda xavfsizlik muvozanatini izdan chiqarishi mumkinligini aytib, xalqaro hamjamiyatni vaziyatni tinch yo‘l bilan hal etishga chorladi.





