add

BMT Falastin bo‘yicha tarixiy qaror qabul qildi

03.12.2025 | 12:406371 daqiqa

BMT Bosh Assambleyasida G‘arbiy Sohil va Sharqiy Quddus, shuningdek Jo‘lan tepaliklaridan Isroil qo‘shinlarini olib chiqish bo‘yicha rezolyutsiyalarga ovoz berildi. O‘zbekiston har ikki rezolyutsiyani qo‘llab-quvvatlagan.

BMT Falastin bo‘yicha tarixiy qaror qabul qildi

BMT Bosh Assambleyasi Isroilning 1967 yildan keyingi bosib olishini tugatish va ikki davlatli yechimni qo‘llab-quvvatlashni talab etuvchi muhim rezolyutsiyani qabul qildi. Jibuti, Iordaniya, Mavritaniya, Qatar, Senegal va Falastin tomonidan tayyorlangan hujjat BMda ovozga qo‘yildi.

G‘arbiy Sohil va Sharqiy Quddus bo‘yicha rezolyutsiyani 151 davlat qo‘llab quvvatladi, 11 davlat qarshi chiqdi va yana 11 davlat ovoz berishda ikkilandi.

Suriyaga tegishli Jo‘lan tepaliklarini Isroil qo‘shinlaridan bo‘shatish to‘g‘risidagi rezolyutsiyani 123 davlat qo‘llab quvvatladi, 7 davlat qarshi chiqdi va 41 davlat betaraf qoldi.

O‘zbekiston har ikki rezolyutsiyani qo‘llab-quvvatlagan bo‘lsa, AQSH va Isroil har ikkisiga qarshi chiqdi.

BMT Assambleyasi Isroildan Sharqiy Quddusni ham o‘z ichiga olgan holda 1967 yildan beri bosib olgan barcha hududlardan chiqishni, falastinliklarning o‘z taqdirini o‘zi belgilash va mustaqil davlat tuzish huquqini ta’minlashni talab qiladi. Qarorlarni ijro etish majburiy emas, tavsiyaviy tusga ega. Ammo jahon hamjamiyati fikrining muhim ko‘rsatkichi hisoblanadi.

Teglar

Mavzuga oid