
BMT: Gulnora Karimovaning qamoqqa olinishi asossiz
06.07.2025 | 09:0023434
BMT Gulnora Karimovaning O‘zbekistonda ushlanishini asossiz deb topdi. Shu bilan birga, Shveysariyada muzlatilgan yuz millionlab frank mablag‘lar taqdiri ham jahon jamoatchiligining diqqat markazida qolmoqda.
BMTning Asossiz Qamoqqa Olishlar bo‘yicha maxsus guruhi Gulnora Karimovaning O‘zbekistonda qamoqqa olinishini qonunga zid deb topdi. Guruh fikriga ko‘ra, Karimova huquqlari jiddiy ravishda buzilgan va bu O‘zbekistonning xalqaro majburiyatlariga zid hisoblanadi.
Mutaxassislar bildirishicha, Karimova O‘zbekiston xavfsizlik kuchlari tomonidan hech qanday order va rasmiy tushuntirishsiz ushlangan. BMT ekspertlari O‘zbekiston hukumatini zudlik bilan bu vaziyatni bartaraf etishga chaqirdi hamda xalqaro qonunlarga muvofiq, Karimovaga tovon puli to‘lash lozimligini ta’kidladi.
Shuningdek, BMT mustaqil tergov o‘tkazish va ushbu qonunbuzarlikka aloqador shaxslarni javobgarlikka tortishni talab qilmoqda. Bu ish bo‘yicha BMTga 2021 yilda Karimovaning Jenevadagi advokatlari shikoyat arizasi bilan murojaat qilgan. Ular o‘z mijozining huquqlari tizimli ravishda buzilganini ta’kidlagan va sud oldiga chiqish uchun 18 oy kutganini ma’lum qilgan.
Karimova ishi doirasida Shveysariya prokuraturasi uning kompaniyalari orqali pul yuvishda ayblagan va 800 million frank mablag‘ni muzlatgan. 2021 yilda Federal Jinoyat Sudi 293 frank million mablag‘ni musodara qilish va qisman qaytarish bo‘yicha qaror chiqargan.
Shu paytgacha Shveysariya va O‘zbekiston o‘rtasida 131 million dollirni qaytarish bo‘yicha kelishuv imzolangan. Karimovaning advokatlari esa uning ozod qilinishini talab qilishda va G‘arb sud organlarini adolatsizlikni yuvishda ayblashda davom etmoqda.
BMT ekspertlari Karimova ishi bo‘yicha olib borilgan sud jarayonlarini «yalg‘on sudlar» deb baholagan va uning huquqlari jiddiy ravishda buzilganini tasdiqlagan.





