add

BMT mutassadisi Isroilni sport musobaqalaridan chetlatishga chaqirdi

11.08.2025 | 09:2013933

BMTning Falastin bo‘yicha maxsus ma’ruzachisi Francheska Albaneze Isroilning G‘azodagi hujumida halok bo‘lgan sobiq futbolchi Sulaymon al-Ubayd ortidan UEFAga qat’iy murojaat qildi.

BMT mutassadisi Isroilni sport musobaqalaridan chetlatishga chaqirdi
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Falastin bo‘yicha maxsus ma’ruzachisi Francheska Albaneze Isroil sport jamoalarini xalqaro musobaqalardan chetlatish taklifi bilan chiqdi. Bu chaqiriq G‘azo sektorida Isroil harbiy hujumida halok bo‘lgan Falastin milliy terma jamoasining sobiq a’zosi Sulaymon al-Ubayd o‘limi ortidan yangradi. Albaneze o‘zining rasmiy X sahifasida UEFAning al-Ubayd haqidagi xabarini iqtibos qilib, tashkilotni to‘g‘ridan-to‘g‘ri belgiladi va «UEFA, qotillarni musobaqalardan chetlatish vaqti keldi. Sportimizni aparteid va genotsiddan tozalaylik», degan murojaat yo‘lladi. 41 yoshli al-Ubayd G‘azoda tug‘ilgan bo‘lib, turmush qurgan va 5 farzandi bor edi. U 2000-yillar oxirida va 2010-yillar boshlarida Falastin milliy terma jamoasi safida 24 rasmiy o‘yinda ishtirok etib, 2 gol urgan. Mutaxassislar uni Falastin futbolining eng yorqin yulduzlaridan biri sifatida tilga oladi. Falastin futbol federatsiyasi ma’lum qilishicha, u G‘azo sektorida insonparvarlik yordamini kutayotgan paytda Isroilning harbiy zarbalari oqibatida halok bo‘lgan. Federatsiya uning o‘limi mamlakat sport hamjamiyati uchun katta yo‘qotish ekanini ta’kidladi. Albanezening bayonoti xalqaro sport tashkilotlari va jamoatchilikda qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘ldi. UEFA tomonidan hozircha rasmiy javob berilmagan.

Teglar

Mavzuga oid