add

BMTda Netanyahu nutqi ommaviy boykot qilindi

26.09.2025 | 21:4024602

Isroil bosh vaziri minbarga chiqishi bilan zalda uzoq vaqt norozilik sadolari yangradi.

BMTda Netanyahu nutqi ommaviy boykot qilindi
Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu umumsiyosiy muhokamalarda so‘zga chiqish uchun minbarga ko‘tarilganda, ayrim delegatsiyalar norozilik belgisi sifatida BMT Bosh Assambleyasi zalini tark etdilar, deya xabar bermoqda TASS. Netanyahu minbarga taklif etilishi bilanoq diplomatlar o‘rinlaridan turib, zalni ommaviy ravishda tark eta boshlagan. Bundan tashqari, bosh vazirning chiqishi paytida zalda uzoq vaqt davomida norozilik ovozlari eshitilgan. Ketganlar orasida arab mamlakatlarining vakillari ko‘pchilikni tashkil etgan. Ba’zi delegatsiyalar esa Isroil bosh vazirining nutqiga umuman kelmagan. 2024 yildagi kabi, Netanyahu bu safar ham yarim bo‘sh zalda nutq so‘zlamoqda. Bundan oldin, AQSHga uchib ketishidan avval Netanyahu Falastin davlatining tuzilishiga yo‘l qo‘ymasligini ma’lum qilgan edi.

Teglar

Mavzuga oid