add

Bobur Bekmurodov: «Solovyov O‘zbekistonda nomaqbul shaxs deb e’tirof etilish uchun birinchi nomzod»

Bugun 16:352 daqiqa

Rossiyalik teleboshlovchi Vladimir Solovyovning Markaziy Osiyo haqidagi bayonotlari O‘zbekistonda keskin reaksiyalarga sabab bo‘lmoqda. Deputat Bobur Bekmurodov uni nomaqbul shaxs deb e’tirof etish uchun barcha asoslar mavjudligini bildirdi.

Bobur Bekmurodov: «Solovyov O‘zbekistonda nomaqbul shaxs deb e’tirof etilish uchun birinchi nomzod»

«Yuksalish» umummilliy harakati yetakchisi, deputat Bobur Bekmurodovning fikricha, Rossiya Markaziy Osiyoda ham huddi Ukrainadagi kabi maxsus harbiy amaliyot o‘tkazishi kerak, deya fikr bildirgan jurnalist Vladimir Solovyov O‘zbekistonda nomaqbul shaxs deb topilish uchun eng birinchi nomzod hisoblanadi. Bu haqda u Kun.uz saytiga bergan intervyusida ma’lum qildi.

«Qonunchilikda nomaqbul shaxs deb e’tirof etishning o‘z mexanizmlari mavjud. Rossiyalik jurnalistning fikrlaridan keyin hali 1–2 kun vaqt o‘tdi va hukumat tomonidan reaksiya bildirilmadi deyishga ham ertadir.

Biz hali kuzataylik. Shu bilan birga Solovyov O‘zbekistonda nomaqbul shaxs bo‘lish uchun hamma asoslarni yaratgan. U tayyor va eng birinchi nomzod. Albatta, bu qonun ishlashi kerak va Solovyov nomaqbul shaxs sifatida e’tirof etilishi kerak», — dedi harakat rahbari Bobur Bekmurodov.

Eslatib o‘tamiz, rossiyalik teleboshlovchi Vladimir Solovyov bir necha kun avval o‘zining «Solovyov LIVE» dasturida Rossiya Ukrainadagidek boshqa postsovet davlatlarida ham «maxsus harbiy operatsiya» o‘tkazishi mumkinligini aytib, jamoatchilikning keskin tanqidiga sabab bo‘ldi.

O‘z dasturidagi chiqishida u Rossiya Ukrainada qilganidek, postsovet hududining boshqa qismlarida, xususan, Armaniston va Markaziy Osiyoda ham «maxsus harbiy operatsiya» boshlashi mumkinligini ochiq aytdi. Eng xavflisi – u buni ehtimol sifatida emas, mantiqan asoslab, «nega endi bo‘lmasin?» degan ohangda gapirdi.

Solovyovning nutqida shuningdek, «xalqaro huquqqa tupurdik», «ta’sir doirasi», «bizning Osiyo» degan so‘zlarni bir necha bor eshitish mumkin edi.

Vaqt.uz’ning rossiyalik jurnalist fikrlari tahliliga bag‘ishlangan dasturini quyidagi havola orqali tomosha qilishingiz mumkin.

Teglar

Ilyos Safarov

Ilyos SafarovMaqolalar soni: 28

Barchasi

Mavzuga oid