
Bo‘ka tumaniga yangi hokim tayinlandi
Xalq deputatlari Bo‘ka tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Sardor Isoqulov tuman hokimi lavozimiga tayinlandi.

Bugun, 25-noyabr kuni Xalq deputatlari Bo‘ka tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Sardor Isoqulov tuman hokimi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda tuman hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, sessiyada Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev ishtirok etib, Sardor Isoqulov nomzodini Bo‘ka tuman hokimi lavozimiga tavsiya qildi.
Xalq deputatlari Bo‘ka tumani Kengashining qarori bilan Sardor Isoqulov Bo‘ka tumani hokimi etib tayinlandi.
Ma’lumot o‘rnida, Sardor Isoqulov 1986 yili Toshkent viloyatida tug‘ilgan. U 2011 yilda Toshkent davlat texnika universitetini tamomlagan. O‘tgan davr mobaynida Energetika vazirligida mas’ul vazifalarda ishlagan.
Sardor Isoqulov Bo‘ka tuman hokimi lavozimiga tayinlangunga qadar Parkent tumani hokimi lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Guliston shahriga yangi hokim tayinlangani haqida xabar berilgandi.





