add

Bo‘kada quyosh fotoelektr stansiyasi va energiya saqlash tizimini quriladi

Energetika vazirligi Xitoyning «China Datang» kompaniyasi bilan Toshkent viloyatining Bo‘ka tumanida quyosh fotoelektr stansiyasi va energiya saqlash tizimini qurish bo‘yicha bitim imzoladi.

Bo‘kada quyosh fotoelektr stansiyasi va energiya saqlash tizimini quriladi

Toshkent viloyatining Bo‘ka tumanida quyosh fotoelektr stansiyasi va energiya saqlash tizimi quriladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligida Xitoyning «China Datang» kompaniyasi partiya qo‘mitasi kotibi va direktorlar kengashi raisi Lyu Szyun boshchiligidagi delegatsiya bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda aytildi. Shuningdek, suhbat davomida ikki tomonlama hamkorlik doirasida amalga oshirilayotgan qator yirik loyihalar muhokama qilindi.

Uchrashuvda ta’kidlanishicha, «China Datang» O‘zbekistonda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirishda faol ishtirok etmoqda.

Xususan, Toshkent viloyatining Bo‘ka tumanida 263 MW quvvatga ega quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushirildi. Bu stansiya orqali yiliga 575 million kilovatt-soat elektr energiyasi ishlab chiqarilib, 154 million kub metr tabiiy gaz tejalishi ta’minlanadi.

Shuningdek, kompaniya mahalliy kadrlar salohiyatini oshirishga ham alohida e’tibor qaratmoqda. Bo‘ka tumanidagi quyosh stansiyasi hududida «Energetika sohasida innovatsion texnologiyalar bo‘yicha qo‘shma ilmiy-tadqiqot markazi» tashkil etilmoqda. Bu markaz orqali mahalliy mutaxassislar zamonaviy texnologiyalar va ilg‘or xalqaro tajribalarni o‘rganish imkoniga ega bo‘ladi.

Tomonlar Bo‘ka tumanida quyosh energiyasi bilan birga energiyani saqlash tizimini ham yo‘lga qo‘yish bo‘yicha yangi bitimlar imzolashdi. Ushbu kelishuv O‘zbekistonda barqaror energetika tizimini shakllantirish va «yashil» iqtisodiyot sari qadam tashlashda muhim bosqich hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yaponiyaning Sumitomo Corporation kompaniyasi Samarqand va Buxoroda 1 000 MW quvvatli quyosh stansiyalari va 1 336 MWh batareyali energiya saqlash tizimini qurishni moliyalashtirayotganligi haqida xabar bergan edik.

Teglar

Mavzuga oid

Bo‘kada quyosh fotoelektr stansiyasi va energiya saqlash tizimini quriladi | Vaqt.uz