Bolalarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik uchun umrbod qamoq jazosi tasdiqlandi
Davlat dasturida bu 2026 yil 1-apreldan joriy etilishi ko‘zda tutilgan.
© Foto: president.uzO‘zbekistonda pedofiliya uchun umrbod ozodlikdan mahrum etish jazosi joriy etiladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan tasdiqlangan islohotlar dasturlari va «Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili» davlat dasturida keltirilgan.
Qayd etilishicha, Davlat dasturi loyihasiga ayollar va bolalarga nisbatan zo‘ravonlik uchun jazoni kuchaytirish, pedofiliya uchun umrbod ozodlikdan mahrum etish jazosini joriy etish, ipoteka va elektromobil xaridi uchun kredit mexanizmlarini takomillashtirish, qayta tiklanuvchi energiya manbalarining ulushini 30 foizga yetkazish, korrupsiyaga qarshi kurashishni yangi bosqichga olib chiqish, jinoyat ishlari bo‘yicha sudlarda xalq vakillari hay’ati ishtirokini yo‘lga qo‘yish kabi tashabbuslar kiritilgan.
Dastur loyihasida ayollar va bolalarga nisbatan sodir etilgan zo‘ravonlik bilan bog‘liq jinoyatlar uchun javobgarlik choralari kuchaytirilishi, xususan, 14 yoshga to‘lmagan shaxslarga nisbatan sodir etilgan jinsiy jinoyatlar uchun umrbod ozodlikdan mahrum etishgacha bo‘lgan jazo choralari belgilangan.
Mazkur normalar 2026 yil 1-apreldan joriy etilishi belgilangan.





