add

Bolgariyada bir qizni qutqarmoqchi bo‘lgan o‘zbekistonlik yigit halok bo‘ldi

09.08.2025 | 19:305113

Kavatsite sohilida ukrainalik qizni qutqarishga uringan o‘zbekistonlik yigit suv ostidagi yirik qoyatoshlar orasiga qisilib qolishi oqibatida vafot etgan.

Bolgariyada bir qizni qutqarmoqchi bo‘lgan o‘zbekistonlik yigit halok bo‘ldi
2025 yil 7 avgust kuni Bolgariyaning Sozopol shahridagi Kavatsite sohilida 22 yoshli O‘zbekiston fuqarosi J.M. fojiali ravishda halok bo‘ldi. Ma’lumotlarga ko‘ra, u dengizda cho‘kib ketayotgan ukrainalik qizni qutqarishga harakat qilgan. Biroq kuchli to‘lqinlar ta’sirida nazoratni yo‘qotib, suv ostidagi yirik qoyatoshlar orasiga qisilib qolgan. O‘zbekistonning Istanbuldagi bosh konsulxonasi va Bolgariyadagi faxriy konsulligi mahalliy hokimiyat, qutqaruv xizmatlari va Bolgariya Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan hamkorlikda yigitning jasadini topish bo‘yicha ish olib bordi. Lekin suvdagi kuchli to‘lqinlar sabab qutqaruv ishlari ikki kunga cho‘zilgan. 9 avgust kuni Bolgariya Favqulodda vaziyatlar vazirligining qutqaruv xizmatlari marhumning jasadini suv ostidagi qoyatoshlar orasidan olib chiqishga muvaffaq bo‘lgan. Hozirda O‘zbekistonning Istanbuldagi bosh konsulxonasi Bolgariyadagi faxriy konsullik bilan birgalikda marhumning jasadini O‘zbekistonga qaytarish uchun zarur tashkiliy ishlar bilan shug‘ullanmoqda. Rasmiylar marhumning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur ta’ziya bildirdi. Voqea O‘zbekiston diplomatik vakolatxonalari nazoratida qolmoqda.

Teglar

Mavzuga oid