add

Bomba tahdidi: Turkish Airlines samolyoti Barselonaga favqulodda qo‘ndi

Bugun 22:201 daqiqa

Samolyot bortidagi yo‘lovchilardan biri yaratgan Wi-Fi tarmog‘ining nomi sabab havo kemasi favqulodda qo‘nishni amalga oshirishga majbur bo‘ldi.

Bomba tahdidi: Turkish Airlines samolyoti Barselonaga favqulodda qo‘ndi

Turkish Airlines aviakompaniyasining samolyoti bortda portlash xavfi borligi sababli Barselona aeroportiga favqulodda qo‘nishni amalga oshirdi. Bu haqda El Periodico gazetasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, bugun, 15-yanvar kuni Turk havo yo‘llarining TK1853 reysi bilan harakatlanayotgan Istanbul-Barselona samolyoti yo‘lovchilar orasida bomba vahimasini uyg‘otgan Wi-Fi ulanishi sabab favqulodda qo‘nishni amalga oshirgan.

Aviakompaniya matbuot kotibi Yahyo Ustunga ko‘ra, samolyotda bir yo‘lovchi internet tarmog‘i nomini bomba tahdidini o‘z ichiga olgan tarzda sozlagan. Shundan so‘ng, TK1853 reysi samolyoti Barselonaga yaqinlashgan vaqtda bomba tahdidi protsedurasini qo‘llashga majbur bo‘lgan.

«TK1853 Istanbul-Barselona reysimiz Barselonaga yaqinlashayotgan vaqtda, bir yo‘lovchi samolyot ichida internetga kirish nuqtasini (hotspot) yaratib, tarmoq nomini bomba tahdidi mazmunida sozlagani aniqlandi. Shu sababli parvoz xavfsizligi doirasida zudlik bilan zarur protseduralar boshlandi», - degan u ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Samolyot favqulodda qo‘nganidan so‘ng o‘tkazilgan qidiruv ishlarida hech qanday salbiy holat aniqlanmagan

«Tegishli davlatning vakolatli organlari tomonidan zarur xavfsizlik qidiruvlari o‘tkazilgan va hech qanday salbiy holat topilmagan», — deya tushuntirish berdi matbuot kotib.

Tarmoq nomini bomba tahdidi tarzida yozgan yo‘lovchini aniqlash bo‘yicha ishlar boshlangan. Ushbu yo‘lovchiga nisbatan huquqiy choralar ko‘rilishi ta’kidlandi.

Teglar

Mavzuga oid