add

Botir Zokirov nomidagi davlat stipendiyasi va muzey ta’sis etiladi

30.07.2025 | 12:4543812

O‘zbekiston xalq artisti Botir Zokirov xotirasini abadiylashtirish, uning betakror ijodiy merosini o‘rganish va xalqaro miqyosda targ‘ib qilish maqsadida Prezident qarori qabul qilindi. Qarorga muvofiq, Botir Zokirov nomidagi davlat stipendiyasi ta’sis etiladi.

Botir Zokirov nomidagi davlat stipendiyasi va muzey ta’sis etiladi
2025 yil 28 iyul kuni qabul qilingan Prezident qarori (PQ–230-son) asosida Toshkent shahrida Botir Zokirov nomidagi memorial muzey tashkil etiladi. Muzey faoliyati orqali Zokirovning hayoti va ijodiga doir eksponatlar jamlanadi va keng jamoatchilikka namoyon etiladi. Shuningdek, 2026 yildan boshlab har ikki yilda bir marta estrada san’ati bo‘yicha Botir Zokirov nomida xalqaro ko‘rik-tanlov o‘tkazilishi belgilab qo‘yildi. Bu tanlov milliy va jahon san’atkorlari o‘rtasida ijodiy aloqalarni mustahkamlashga xizmat qilishi kutilmoqda. Bundan tashqari, Prezident qaroriga asosan, Botir Zokirov hayoti va ijodiga bag‘ishlangan badiiy film yaratilishi ham rejalashtirilgan. Bu film orqali Zokirovning san’atda tutgan o‘rni va milliy madaniyatga qo‘shgan hissasi keng auditoriyaga yetkaziladi. Mazkur qaror Botir Zokirov nomi va merosini yosh avlodga yetkazish, uning estrada san’atidagi ta’sirini yanada keng miqyosda yoritishga qaratilgan muhim qadamdir.

Teglar

Mavzuga oid