add

Boysundagi kondan yana gaz sizib chiqqani yuzasidan rasmiy izoh berildi

Energetika vazirligiga ko‘ra, hozir vaziyat barqaror va mutaxassislar nazorati ostida.

Boysundagi kondan yana gaz sizib chiqqani yuzasidan rasmiy izoh berildi

Bugun, 3 noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyati Boysun tumanidag «Mustaqillikning 25 yilligi» gaz konida yana gaz sizib chiqqani va u vulqondek yonayotgani aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan Energetika vazirligi rasmiy izoh berdi.

Qayd etilishicha, kecha, 2 noyabr kuni Boysun tumanidagi «M-25» konining 202-son gaz qudug‘ida avvaldan yoqib qo‘yilgan olovning vaqtincha so‘nish holati kuzatilgan. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, bu holat kondagi geologik jarayon natijasida yuz bergan.

Shundan so‘ng havoga zararli moddalar tarqalishini oldini olish maqsadida gaz tezkor ravishda yana yoqib qo‘yilgan. Hozir vaziyat barqaror va mutaxassislar nazorati ostida.

«Ushbu jarayon atrof-muhit ifloslanishining oldini olishda standart yondashuv hisoblanadi va xalqaro sanoat xavfsizligi talablariga to‘la javob beradi. Hozirgi vaqtda vaziyat barqaror va mutaxassislar nazorati ostida turibdi. Shuni alohida takidlash kerakki, bu avvaldan konni jilovlash ishlarini olib borish jarayonidagi holat bo‘lib, u yerda hech qanday kutilmagan vaziyatlar kuzatilmagan», - deyiladi xabarda.

Vazirlik ushbu holat holat 2025 yil 3 noyabr kuni soat 01:29 da qayd etilgan zilzila bilan bog‘liq emasligini ta’kidladi.

Teglar

Mavzuga oid

Boysundagi kondan yana gaz sizib chiqqani yuzasidan rasmiy izoh berildi | Vaqt.uz