add

BRICS yetakchilari G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirmoqda

07.07.2025 | 11:402793

BRICS sammitida qatnashgan mamlakatlar yetakchilari G‘azo sektorida zudlik bilan barqaror va shartsiz o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirar ekan, Isroil qo‘shinlarini barcha bosib olingan Falastin hududlaridan to‘liq olib chiqishni talab qildi.

BRICS yetakchilari G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirmoqda
Braziliyada o‘tgan BRICS sammitining yakuniy deklaratsiyasida BRICS a’zolari G‘azo sektori Falastin davlatining ajralmas qismi ekanini alohida ta’kidlashdi. Ular Falastin xalqining o‘z mustaqil davlatini barpo etish huquqini qo‘llab-quvvatlashdi. Shuningdek, BRICS yetakchilari Falastin anklaviga gumanitar yordam yetkazishni ta’minlash muhimligini qayd etishdi. Deklaratsiyada isroillik garovga olinganlar va falastinlik asirlarni tez fursatda ozod qilishga chaqiriq ham o‘rin olgan. BRICS Falastin davlat ma’muriyati G‘azo sektori va Iordan daryosining g‘arbiy sohilini boshqarishi kerakligini ta’kidladi. Sammitda BRICS a’zolari Suriyaning suvereniteti va hududiy yaxlitligini qo‘llab-quvvatlashlarini bildirib, Eron hududida amalga oshirilgan zarbalarni keskin qoraladi. BRICS tashkiloti Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy va Janubiy Afrika tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, jahon iqtisodiyotida muhim o‘ringa ega. Rio-de-Janeyroda o‘tgan sammit ikki kun davom etdi. Rossiya delegatsiyasiga Sergey Lavrov rahbarlik qildi, Prezident Vladimir Putin esa videokonferensiya orqali ishtirok etdi. Xitoy Si Jinpin o‘rniga sammitga Bosh vazir Li Syanni yubordi. Sammitda BRICS a’zolari, Saudiya Arabistoni, 10 ta hamkor davlat, 8 ta taklif etilgan davlat va 9 ta xalqaro tashkilot ishtirok etdi. Taklif etilgan davlatlar qatorida Turkiya, Ozarbayjon, Falastin va boshqa mamlakatlar ham bor edi.

Teglar

Mavzuga oid