add

Bryansk oblastidagi poyezd fojiasida jabrlanganlar soni 73 nafarga yetdi

01.06.2025 | 15:0034733

31 may kuni Rossiyaning Bryansk oblastida ko‘prik portlashidan so‘ng poyezdga tushib ketdi. Hodisada kamida 7 kishi halok bo‘ldi, 73 nafar jarohatlandi. Rasmiylar voqeani terrorchilik akti sifatida baholamoqda.

Bryansk oblastidagi poyezd fojiasida jabrlanganlar soni 73 nafarga yetdi
Bryansk oblastida yuz bergan poyezd halokati oqibatida jabrlanganlar soni 73 nafarga yetdi. Ular orasida 4 nafar bola ham bor. Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligiga ko‘ra, 39 nafar jabrlanuvchi shifoxonada davolanmoqda, 3 nafari, jumladan bir chaqaloq, og‘ir ahvolda. 31 may kuni kechqurun Klimov — Moskva yo‘nalishida harakatlanayotgan yo‘lovchi poyezdi avtomobillar yo‘l o‘tkazgichi ostida qolib ketdi. Ko‘prikning poyezd ustiga qulab tushishi oqibatida yetti kishi vafot etgani tasdiqlandi. Bryansk oblasti gubernatori Aleksandr Bogomaz bu fojia sababini portlash bilan bog‘ladi. Moskoviya temir yo‘llari matbuot xizmati ko‘prikning ag‘darilishiga «transport faoliyatiga noqonuniy aralashuv» sabab bo‘lganini ma’lum qildi. Voqea bo‘yicha Moskva transport prokuraturasi tekshiruv boshladi. Fojiadan so‘ng poyezd yo‘lovchilari zaxira tarkibida poytaxtga yuborildi. Ular Moskvaga Kiyev vokzaliga 1 iyun kuni soat 12:30 larda yetkazilgan. Rossiya temir yo‘llari kompaniyasi jabrlanuvchilar va halok bo‘lganlarning yaqinlari uchun Bryanskka bepul safar tashkil qilmoqda. FPK barcha yo‘lovchilarga chipta xarajatlarini qaytarishi va 20 ming bonus bali berishini e’lon qildi. Shuningdek, «SOGAZ» sug‘urta kompaniyasi jabrlanganlarga kompensatsiya to‘lashini ma’lum qildi. Vafot etganlar oilasiga 2,2 mln rubldan to‘lanishi rejalashtirilgan. Hozirda hodisa joyini kraning yordamida ko‘prik parchalari va relsdan chiqib ketgan vagonlaridan tozalash ishlari olib borilmoqda. Voqea joyidagi temir yo‘l va avtomobil harakati hanuz to‘xtab turibdi.

Teglar

Mavzuga oid