add

Bu hafta davomida O‘zbekistonda yomg‘irli va shamolli ob-havo kuzatiladi

09.06.2025 | 11:4011683

Joriy hafta davomida O‘zbekiston hududida nisbatan nam havo massalari saqlanib qoladi. Mamlakatning ko‘pgina hududlarida qisqa muddatli yomg‘irlar va momaqaldiroqlar kuzatilishi mumkin. Harorat miqdori asosan +30...+35°, janubiy viloyatlarda +37° gacha bo‘ladi.

Bu hafta davomida O‘zbekistonda yomg‘irli va shamolli ob-havo kuzatiladi
9 iyun kuni mamlakat bo‘ylab ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi kutilmoqda. Shu kuni shamol 13–18 m/s gacha kuchayishi va ayrim hududlarda chang‘i to‘zonlar bilan birga kuzatilishi mumkin. 10–11 iyun kunlari Qoraqalpog‘iston va Xorazmda, markaziy viloyatlar hamda Farg‘ona vodiysida qisqa muddatli yomg‘ir va momaqaldiroqlar kuzatilishi mumkin. Cho‘l va janubiy hududlarda havo asosan quruq bo‘ladi. 12–13 iyun kunlari ham respublika bo‘ylab shamol 18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Ayrim joylarda chang‘i to‘zonlar kuzatiladi. Tog‘li va tog‘ oldi hududlarda 9 iyun kuni kuchli yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli bor. Momaqaldiroqlar fonida sel-suv toshqinlari xavfi mavjud. Kelasi kunlarda ham ushbu hududlarda davriy yomg‘irlar bo‘lishi mumkin. Toshkent shahrida 9 iyun kuni kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg‘ir va momaqaldiroq kutilmoqda. Shamol 12–15 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang‘i to‘zonlar bilan birga kuzatilishi mumkin. 10 iyunda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 11 iyunga kechasi va ertalab qisqa muddatli yomg‘ir kuzatilishi mumkin. 12–13 iyunda esa ayrim joylarda biroz yomg‘ir va momaqaldiroq bo‘lishi ehtimoli bor. Harorat 9–13 iyun kunlari kechasi +21...+23°, kunduzi +33...+35° daraja atrofida bo‘ladi.

Teglar

Mavzuga oid

Bu hafta davomida O‘zbekistonda yomg‘irli va shamolli ob-havo kuzatiladi | Vaqt.uz