
«Bu safargisi haqiqiy»: Isroilga yangi sanksiyalar joriy qilindi
18.07.2025 | 16:3024699
Sanksiyalar tarkibiga qurol yetkazib berishni to‘xtatish, harbiy hamkorlini yakunlash, sud orqali javobgarlikni kuchaytirish, shuningdek, Isroil kompaniyalarga nisbatan iqtosodiy cheklovlar joriy etish kabi bandlar kiradi.

Kolumbiya poytaxti Bogotada o‘tkazilgan sammitda bir guruh davlatlar Isroilning G‘azo sektoridagi harbiy harakatlariga qarshi qat’iy choralar ko‘rishga kelishib oldi. Mamlakat rahbarlari xalqaro huquqning buzilishi holatlariga qarshi jiddiy munosabat bildirmoqda.
Uchrashuv 16 iyul, chorshanba kuni yakunlangan. Unda 30 ga yaqin davlat – jumladan Turkiya, Kolumbiya, Janubiy Afrika, Malayziya, Iroq, Kuba, Indoneziya va boshqalar ishtirok etdi. Biroq faqat 12 davlat yakuniy bayonotni imzoladi. Bu hujjatda Isroilga qarshi quyidagi aniq oltita chora nazarda tutilgan:
- Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatish;
- Harbiy hamkorlikni yakunlash;
- Sud orqali javobgarlikni kuchaytirish;
- Isroil kompaniyalariga nisbatan iqtisodiy cheklovlar joriy etish;
- BMT doirasida bosimni kuchaytirish;
- G‘azodagi fuqarolarni himoya qilish bo‘yicha xalqaro mexanizmlarni ishga tushirish.





